“Comply or explain” xalqaro tamoyili boʻyicha axboroti


Yopish
2020 yil uchun

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 2020 yil uchun korporativ boshqaruv tizimini baholashning natijasiga koʻra “Comply or explain”(rioya qil yoki tushuntir) xalqaro tamoyili boʻyicha axboroti

“Korporativ boshqaruv Kodeksi” ning 8-bandida Kodeksning muayyan tavsiyalariga rioya etish imkoni boʻlmagan taqdirda, jamiyat “somply or explain” (rioya qil yoki tushuntir) xalqaro tamoyiliga rioya qilgan holda uning sabablarini toʻliq oshkor qilishi koʻrsatilgan.

Ushbu qabul qilingan korporativ boshqaruv kodeksining VIII-bob, 29-bandiga asosan Aksiyadorlik jamiyatlari har yili rahbar lavozimiga xorijiy menejerlar orasidan nomzodlar tanlov asosida qabul qilinishi taʼkidlab oʻtilgan.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ushbu kodeksning yuqorida koʻrsatilgan bandiga rioya qilmadi. Bunga sabab qilib, “Oʻzsanoatqurilishbank”ning ustav kapitalidagi 94.6% davlat ulishiga toʻgʻri kelmoqda va rahbar lavozimiga tanlanadigan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 apreldagi «Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 356-sonli Qarorida asosan tanlanadi.

Ushbu Qarorda koʻrsatib oʻtilgan “Ustav kapitali (fondi)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari ijroiya organi rahbari va rahbar oʻrinbosari lavozimlariga nomzodlarni koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning tegishli oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi” deb belgilangan.

Shuningdek, Boshqaruv Raisi va uning aʼzolari joriy yil davomida korporativ boshqaruv kurslarida malaka oshirishlari koʻzda tutilmoqda.

“Korporativ boshqaruv Kodeks”da 15-band 8-xatboshisida jamiyat tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning boshqaruv organlari yigʻilishlarida oʻz vakillariga jamiyat nomidan ovoz berish tartibini belgilash talab etilgan.

Bank tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning boshqaruv organlari yigʻilishlarida Bank nomidan ovoz berish tartibi belgilanmagan.

Yopish
2019 yil uchun

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 2019 yil uchun korporativ boshqaruv tizimini baholashning natijasiga koʻra “Comply or explain”(rioya qil yoki tushuntir) xalqaro tamoyili boʻyicha axboroti

2016 yil 26 apreldagi Aksiyadorlarning navbatdagi hisobot umumiy yigʻilishining 34-sonli bayonnomasi bilan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida korporativ boshqaruv kodeksiga rioya etish majburiyati qabul qilingan.

“Korporativ boshqaruv Kodeksi” ning 8-bandida Kodeksning muayyan tavsiyalariga rioya etish imkoni boʻlmagan taqdirda, jamiyat “somply or explain” (rioya qil yoki tushuntir) xalqaro tamoyiliga rioya qilgan holda uning sabablarini toʻliq oshkor qilishi koʻrsatilgan.

Ushbu qabul qilingan korporativ boshqaruv kodeksining VIII-bob, 29-bandiga asosan Aksiyadorlik jamiyatlari har yili rahbar lavozimiga xorijiy menejerlar orasidan nomzodlar tanlov asosida qabul qilinishi taʼkidlab oʻtilgan.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ushbu kodeksning yuqorida koʻrsatilgan bandiga rioya qilmadi. Bunga sabab qilib, “Oʻzsanoatqurilishbank”ning ustav kapitalidagi 94.6% davlat ulishiga toʻgʻri kelmoqda va rahbar lavozimiga tanlanadigan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 apreldagi “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 356-sonli Qarorida asosan tanlanadi.

Ushbu Qarorda koʻrsatib oʻtilgan “Ustav kapitali (fondi)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari ijroiya organi rahbari va rahbar oʻrinbosari lavozimlariga nomzodlarni koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning tegishli oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi” deb belgilangan.




Oxirgi yangilanish sanasi: 06.09.2023 14:39  
up