SQB CAPITAL krediti

tayyor yoki qurilayotgan noturar obyektlarni sotib olish, kompaniyalardagi ulushlarni sotib olish hamda davlat dasturlari doirasida bajarilgan ishlar/xizmatlar uchun to‘lovlarni moliyalashtirish uchun.

SQB CAPITAL krediti
Mahsulot haqida
Step icon

Mikro, kichik, o‘rta va korporativ biznes

Segment

Step icon

7 yilgacha*

Muddati

Step icon

6 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

UZS, USD, EUR, CNY

Valyuta

Step icon

3 mlrd so‘mgacha

Miqdori

Step icon

Boshlang‘ich badalga asosan

Foiz stavkasi

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma’lumotlar

Kredit maqsadi:

Bank (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB) sho‘ba korxonasi va/yoki ushbu sho‘ba korxonalar ishtirokida tashkil etilgan jamiyatlar tomonidan qurib bitkazilgan (kadastr hujjatlari olingan) noturar bino-inshootlarni sotib olish uchun.

Valyuta:

  • milliy valyuta (so‘m);
  • xorijiy valyuta (AQSh dollari, yevro, yuan).

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarga xorijiy valyutada kredit ajratilmaydi.

Kredit muddati:

  • bank o‘z mablag‘lari hisobidan — 7 yilgacha;
  • jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan.

Imtiyozli davr:

  • bank o‘z mablag‘lari hisobidan — 6 oygacha;
  • jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan.

Kredit summasi:

50 mln so‘m ekvivalentidan 3 mlrd so‘m ekvivalentigacha.

Foiz stavkasi (milliy valyutada):

  • boshlang‘ich to‘lov 10% — yillik 24%;
  • boshlang‘ich to‘lov 20% — yillik 23%;
  • boshlang‘ich to‘lov 30% — yillik 22%;
  • boshlang‘ich to‘lov 40% — yillik 21%;
  • boshlang‘ich to‘lov 50% — yillik 20%.

Foiz stavkasi (xorijiy valyutada):

  • boshlang‘ich to‘lov 10% — yillik 15%;
  • boshlang‘ich to‘lov 20% — yillik 14%;
  • boshlang‘ich to‘lov 30% — yillik 13%;
  • boshlang‘ich to‘lov 40% — yillik 12%;
  • boshlang‘ich to‘lov 50% — yillik 11%.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurs shartlariga asosan.

Kredit ta’minoti:

Kredit summasining kamida 125% miqdorida (aloqador shaxslar uchun — 130%).

Qabul qilinadigan ta’minot turlari:

  • bank talablariga javob beradigan ko‘chmas mulklar;
  • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan avtotransport vositalari;
  • pul mablag‘lari garovi;
  • yuridik shaxs kafilligi;
  • sug‘urta polisi;
  • kredit hisobiga sotib olinayotgan noturar bino-inshootlar.

Qo‘shimcha shartlar:

  • ushbu mahsulot doirasidagi kreditlar investitsion loyiha sifatida qaralmaydi;
  • kredit hisobiga sotib olinadigan mulklar oldi-sotdi shartnomasidagi qiymatda garovga olinadi;
  • mustaqil baholash hisoboti talab etilmaydi;
  • qarz oluvchi korxona ta’sischilarining jismoniy shaxs sifatidagi kafilligi olinadi;
  • bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari ishtirokidagi korxonalarga kredit ajratilmaydi;
  • xorijiy valyutadagi kreditlarda eksport shartnomasi mavjud bo‘lishi lozim;
  • qarz oluvchining faoliyati biznes menejer tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganiladi.

Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • davlat ro‘yxatidan belgilangan tartibda o‘tgan bo‘lishi.
  • moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi
    (yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno).
  • o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy bo‘lmasligi
    (yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno).
  • mavjud kreditlar va ularga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
  • 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi
    (kartoteka-2 bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma boshqa bank tomonidan taqdim etilgan taqdirda, ushbu ma’lumotnoma taqdim etilgan sanadan boshlab 30 kun davomida amal qiladi).
  • KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi.
  • kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida:
    • 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud bo‘lmasligi;
    • sud jarayonidagi kredit qarzdorliklariga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi;
    • balansdan tashqari hisobvaraqlarda (hisobdan chiqarilgan, kechiktirib hisobdan chiqarilgan PKNT) qayd etilgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi.
  • qarz oluvchining Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lari mavjud bo‘lmasligi.
  • oxirgi 3 yil davomida kredit majburiyatlari bo‘yicha (javobgar uchun kafillik taqdim etilgan holatlar ham inobatga olinadi) iqtisodiy sudlarda da’vo arizalari mavjud bo‘lgan va da’vo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda, so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi va rad etiladi
    (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno).
  • qarz yukiga talab mavjud emas.

Kredit olish uchun zarur hujjatlar:

  1. kredit olish uchun ariza.
  2. oxirgi yil/chorak uchun buxgalteriya hisobotlari (yangi korxonalar uchun faoliyat davriga qarab):
    • balans (1-shakl);
    • moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl);
      (istisno — yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan subyektlar hamda bank DSI bazasidan elektron olgan holatlar).
  3. ta’sischilarning kredit olishga roziligi
    (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan subyektlardan talab qilinmaydi).
  4. mustaqil baholash tashkiloti hisoboti
    (kredit hisobiga olinadigan mulk bundan mustasno).
  5. kartoteka-2 holati to‘g‘risida ma’lumot
    (asosiy hisob boshqa bankda bo‘lsa).
  6. ko‘chmas mulk garovi bo‘lsa — kadastr hujjatlari, ijara bo‘lsa — ijara shartnomasi.
  7. avtotransport garovi bo‘lsa — ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi.
  8. uchinchi shaxs ta’sischilarining garovga roziligi.
  9. uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari
    (boshqa bankda xizmat ko‘rsa).
  10. uchinchi jismoniy shaxs garov beruvchi — pasport nusxasi, yuridik shaxs bo‘lsa — direktor va bosh buxgalter pasporti.
  11. bajarilgan ish/xizmatlar uchun dalolatnoma
    (agar kredit shu maqsadda berilsa).
  12. auksion orqali sotib olishda — auksion natijalari bo‘yicha hujjatlar.
  13. loyiha xususiyatiga qarab qo‘shimcha hujjatlar.

SQB BUSINESS
SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 26.05.2026 16:55
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит