Analitik tahlil

Analitik tahlil - Analitik tahlil va maslahat xizmati – bu mijozlar talablaridan kelib chiqib, moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liq ma’lum bir davrga oid ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va taqqoslash bilan bog‘liq hamda ularga individual moliyaviy maslahatlar berish uchun mo‘ljallangan innovatsion xizmatdir.

Mijozlar segmenti:

·         Aksiyadorlik jamiyatlari;

·         Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar;

·         va boshqalar.

Analitik hisobotlarni tayyorlash davriyligi: Ko‘rsatiladigan xizmatning xususiyati va murakkabligidan kelib chiqib shartnomada alohida kelishiladi

Analitik tahlil jarayonida Bank quyidagi jarayonlarda ishtirok etadi:

 

1.      Bozor tahlili va istiqbollari:

·         Moliyaviy bozorlardagi holat, tendensiyalar va kelajakdagi kutilmalar bo‘yicha tahliliy hisobotlar taqdim etish;

·         Global va mahalliy moliyaviy muhitning mijoz investitsiyalariga ta’sirini o‘rganish;

·         Moliyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ulardan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

 

2.      Moliyaviy instrumentlarni baholash:

·         Qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy instrumentlarning joriy va kelajak qiymatini taxminiy baholash;

·         Mijozlarga investitsiya qarorini to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilish uchun aktivlarning qiymati daromadliligini aniq ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilish;

·         Investitsiya portfeli uchun optimal aktivlarni tanlash bo‘yicha tavsiyalar taqdim etish.

 

3.      Tarmoq va kompaniya tahlili:

·         Turli sohalar va kompaniyalarning raqobatbardoshligini taxminiy baholash;

·         Potensial hamkorlar yoki investitsiya ob’ektlarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash;

·         SWOT tahlil, moliyaviy hisobotlar tahlili va boshqa asosiy ko‘rsatkichlar orqali kompaniyalarni chuqur tahlil qilish.

 

Analitik tahlil xizmatining asosiy yo’nalishlari:

 

 

1.      Makroiqtisodiy tahlil:

·         Mahalliy va xalqaro iqtisodiyotning asosiy ko‘rsatkichlari (inflyatsiya, foiz stavkalari, YaIM o‘sishi va b.)ni tahlil qilish;

·         Iqtisodiy barqarorlik va rivojlanish tendentsiyalari bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli prognozlar.

 

2.      Moliyaviy bozor tahlillari:

·         Moliyaviy bozor segmentlarining rivojlanish yo‘nalishlari va kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot;

·         Mahalliy va xalqaro emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha tahlillar.

 

3.      Valyuta bozori tahlili:

·         Turli valyuta juftliklari bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar taqdim etish.


Hujjatlar

Namunaviy shartnoma

Yuklab olish
download

Oxirgi yangilanish sanasi: 20.02.2025 17:04  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo