"O'zsanoatqurilishbank" ATB - O'zbekistondagi eng katta tijorat banki, uning tarixi asrlik marraga yaqinlashmoqda.
Insonlarga manfaat yetkazish va uni oliy darajaga ko`tarish.
Mijozlarga yo‘naltirilgan biznes modelni joriy etish va xizmat ko‘rsatishni raqamlashtirish orqali mijozlarga zamonaviy bank mahsulotlarini taqdim etish, bankning moliya bozorida raqobatbardoshligini ta'minlash, daromadligi va rentabelligini oshirish.
Mijozlarga individual yondashuv, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, ish haqi loyihalari, strukturalashtirilgan moliyalashtirish yo‘nalishida maslahatlar.
Alohida yondashuv, yuqori tezlikda xizmat ko‘rsatish, parametrlangan va maxsus kredit hamda depozit mahsulotlar, ish haqi loyihalari, individual takliflar.
Zamonaviy onlayn bank, multivalyuta omonatlari, kredit kartalari, rejali to‘lov kartalari.
O’zsanoatqurilishbank tarixi 1922 yildan boshlab Toshkentda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilishidan boshlangan bo’lib, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq.