Barcha kreditlar
Bank plastik kartalari anchadan buyon bizning ajralmas yordamchilarimizga aylanishdi. Birinchidan, yonimizda naqd pul olib yurishimizga hojat yoʻq. Ikkinchidan, onlayn ravishda mahsulot sotib olish va xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishda ular tengsizdirlar. Uchinchidan, hozirgi koronavirus bilan bogʻliq vaziyatda plastik kartalar naqd pullarga nisbatan anchayin gigiyenik hisoblanadilar, chunki karta bilan faqatgina siz foydalanasiz va har safar terminallar va bankomatlar bilan karta orqali kontakt boʻlgandan soʻng uni dezinfeksiya qilish mumkin.
Kartangizdagi mablagʻlar doimo havfsiz holatda boʻlishlari uchun bir nechta oddiy, lekin muhim qoidalarga amal qiling:
1. Onlayn-banking uchun ishonchli PIN-kod i parol tanlang. Albatta, “2222” va boshqa shunga oʻxshash raqamlar kombinatsiyasi – bu qulay va yodda saqlash uchun oson. Lekin, xuddi siz kabi fikrlaydigan insonlar ham juda koʻp. Elementar kombinatsiyalarni tanlash bilan birga, siz firibgarlar ishini ham osonlashtirasiz. Shu bilan birga, parol sifatida oʻz tugʻilgan sanangiz, kartaning amal qilish muddati va boshqa atrofdagilarga maʼlum bulgan maʼlumotlarni ham tanlash joiz emas.
2. Oʻz parolingizni jamoat joylarida saqlamang. Juda koʻp insonlar, ayniqsa buvijon va buvajonlar, oʻz PIN-kodlarini kartani oʻziga yozganliklari oqibatida zarar koʻrishgan. Bu maʼlumotlarni eʼlon qilmaslikka xarakat qiling, eng toʻgʻri yoʻl esa – toʻlovni amalga oshirayotgan paytingizda ularni oʻzingiz kiriting.
3. Kartadagi qaysi maʼlumotlar maxfiy hisoblanadilar?
PIN-kod – uni bankomat va supermarket terminallarida kiritish mumkin. Kartaning amal qilish muddati – u internet-toʻlovlarini amalaga oshirish uchun kerak boʻladi. CVV- va CVC-kodlari – ular uch xonali sonlardan iborat boʻlib, odatda halqaro kartalarning orqa tarafida joylashgan boʻladi. Ular karta egasining shaxsini tasdiqlashda va onlayn xaridlarni amalaga oshirishda kerak boʻladi. Ushbu kodlar turli toʻlov tizimlari uchun moʻljallangan: CVV- VISA tizimi, CVC esa MasterCard tizimi uchun
Hech qachon karta rekvizitlarini rasmiy saytlarda toʻsatdan paydo boʻladigan oynalarda kiritmang.
Yodda tuting: bu kodlarin hech qachon va hech kimga oshkor qilmang.
Xuddi shu prinsip asosida kartangiz revizitlarini va toʻsatdan SMS-orqali keladigan parolni notanish yoki maxfiylashtirilgan raqamdan qoʻngʻiroq qilib, qatʼiy ravishda PIN-kodni soʻrashganda aytmang. Sizga turli tuman sabablarni aytishlari mumkin: siz sovgʻa yutib oldingiz, sizning tanishingiz yoki qarindoshingizga yordam kerak va hokazo. Aldanib qolmang, darhol aloqani uzing.
Juda ham koʻp hollarda firibgarlar oʻzlarini bank xodimlari sifatida tanishtirib, maʼlumotlarni aniqlashtirish yoki yangilash kerak deb bahona qiladilar. Esingizda boʻlsin! Sizning kartangizga tegishli boʻlgan barcha kodlar – bu maxfiy maʼlumot hisoblanadi, shuning uchun haqiqiy bank xodimi toʻliq ismi sharifingizni va maxsus soʻzni aytishingizni soʻraydi. Agar boshqacha boʻlsa darhol xayrlashing va vaziyatni aniqlashtirish uchun oʻz bankingizga qoʻngʻiroq qiling.
Agar plastik kartangizni yoʻqotib qoʻygan boʻlsangiz yoki firibgarlar tuzogʻiga tushib qolib, kartangiz maʼlumotlarini begona shaxslarga aytgan boʻlsangiz, darhol bankka murojaat eting va kartani ichidagi pullarni saqlab qolish maqsadida kartangizni bloklab qoʻyishlarini soʻrang.