Bank rahbariyati

Akbarjonov Aziz Akbarjon o'g'li

Photo_3.jpg
  1. Boshqaruv Raisi-Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: Juma kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha 
  3. Telefon: (+99878) 120-45-82
  4. E-mail: info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li 1985 yil 11 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

2008 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini, 2010 yil mazkur oliy o‘quv yurtining magistratura bo‘limini “Menejment” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent viloyat bo‘limi Korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘limi 2-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi mehnat faoliyatini 2018 yilda Loyiha boshqaruvi va ijro nazorati departamenti direktori sifatida boshlagan.

2019 yilning noyabr oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kredit direktori (CCO), 2020 yilning yanvar oyidan boshlab esa Kredit bosh direktori lavozimiga tayinlangan.

2020 yilning may oyidan 2023 yilning oktyabriga qadar Akbarjonov Aziz Akbarjon oʻgʻli 
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritdi.

2023 yilning 3 oktyabridan "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruvi Raisi lavozimiga tayinlandi.

Bank Boshqaruv Raisi A.Akbarjonov Bank ishiga umumiy rahbarlik qilish bilan birga quyidagi tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratini amalga oshiradi:


-Yuridik departamenti;

- Xodimlarni boshqarish departamenti;

- Ijro nazorati;

- Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti;

- Loyiha boshqaruvi ofisi;

- Axborot xizmati;

- Birinchi boʻlim;

- Ichki audit departamenti ish faoliyatini muvofiqlashtirish;

- Korporativ maslahatchi, Korporativ boshqaruv xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish;

- Aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish.

Ergashev Anvarjon Abdumajitovich

Photo_6.jpg
  1. Boshqaruv Raisining birinchi o'rinbosari-Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-05
  4. E-mail: info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

Ergashev Anvarjon Abdumajitovich 1973 yilda tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent moliya institutini “moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

Mexnat faoliyatini 1993 yil O‘zbek aktsiyadorlik innovatsion tijorat “Ipak yo‘li” banki bosh mutaxassisi lavozimidan boshlagan va mazkur bankda 1998 yilgacha kredit-tijorat investitsiyalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimigacha ishlagan. 1998-2006 yillar O‘zbek xalqaro banki “Uzprivatbank” Investitsion loyihalarni baholash, tahlil qilish va kreditlash departamenti boshlig‘i, Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Boshqaruvi Raisi lavozimlarida ishlagan.

2006-2017 yillar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB  Markaziy amaliyot mintaqaviy filiali boshlig‘i, 2017-2018 yillar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB buxgalteriya operatsiyalari nazorati  boshqarma boshlig‘i, pul muomalasi va kassa amaliyotlari departament direktori lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan.

Ergashev Anvarjon Abdumajitovich 2018 yil fevralidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

2023-yilning dekabr oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining birinchi o'rinbosari etib tayinlangan.

Bank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari A.Ergashev quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti;

- Ma'muriy xo‘jalik departamenti;

- Operatsion departament;

- Investisiya qo‘mitasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish;

- “SQB Capital” МChJ  faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

Axborot texnologiyalari departamenti;

- Bank kartalari tizimlarini qo'llab-quvvatlash departamenti.

Yakubov Shuxrat Israilovich

Photo_3.jpg
  1. Boshqaruv Raisining o'rinbosari-Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-82
  4. E-mail: info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

Yakubov Shuxrat Israilovich 1967-yil 16-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1992-yilda Toshkent avtomobil yoʻllar institutini “yoʻl qurilish mashinalari va jihozlari” yo’nalishida, 1998-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini – “xalqaro iqtisodiy munosabatlar” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1991-yilda “Nigora” kichik korxonasi brokeri lavozimidan boshlagan.

1993-1995 yillarda - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Ekspert-texnik boshqarmasi ekspertiza boʻlimi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, boʻlim boshligʻi, 1995-1996 yillarda - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Investitsiyalar boshqarmasi investitsion loyihalar tahlili boʻlimi bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi, 1996-1997 yillarda - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi birja operatsiyalari boʻlim boshligʻi.
1997 yildan 2001 yilgacha - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi ichki bozordagi konversion amaliyotlar boʻlimi boshligʻi, 2001-yildan 2001 yilgacha - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti xorijiy valyutada kreditlash boshqarmasi boshligʻi.
2001-yildan 2006 yilgacha - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Qatortol filiali boshqaruvchisi, 2006-yildan 2018 yilgacha - “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisining oʻrinbosari, 2018 - 2020 yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish va unga koʻmaklashish shoʻbasi mudiri lavozimlarida ishlagan.

Yakubov Shuxrat Israilovich 2020-yil 15-oktyabrdan “O’zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining o’rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari Sh.Yakubov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- Bankni strategik rivojlantirish departamenti;

-Agrosanoat klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;

- Aloqa markazi; 

- Bank nomidan kafolat va kafilliklarni imzolash

- Katta kredit qoʻmitasi ishiga rahbarlik qiladi; 

- Muamomoli qarzdorliklar bilan ishlash qo'mitasi ishiga rahbarlik qiladi. 

Gulturayev Shoxpur Negmatullayevich

Photo_5.jpg
  1. Boshqaruv Raisining o'rinbosari-Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-00 (1007)
  4. E-mail:sh.gulturaev@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar
Gulturayev Shoxpur Negmatullayevich 1989-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2010-yilda Toshkent moliya institutini, 2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, 2021-yilda esa, Buyuk Britaniyadagi Brunel University London oliygohini tamomlagan.

Sh.Gulturayev dastlab 2009-yilda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Yunusobod filialida Pul muomalasi va naqd pul mablagʻlarini monitoring qilish boʻyicha maxsus sektor 2-toifali mutaxassisi, Buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi 2-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassis kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2010-2019-yillarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Toshkent shahar mintaqaviy filiali Buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi yetakchi mutaxassisi, Kredit portfelini monitoring qilish sektori bosh mutaxassisi,  Kredit operatsiyalari boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, Bosh Bank investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish va monitoring qilish departamenti Investitsion loyihalarini moliyalashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari – boʻlim boshligʻi, Bank investitsion faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish departamenti Bazaviy tarmoqlar loyihalarini moliyalashtirish va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi, Bank investitsion faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish departamenti direktori oʻrinbosari – Bazaviy tarmoqlar loyihalarini moliyalashtirish va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2018-2021-yillarda Bank Korporativ mijozlarni moliyalashtirish departamenti direktori hamda Korporativ biznes departamenti direktori boʻlgan.
2021-yil avgust oyidan 2022-yil maygacha “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv Raisi oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi boʻlgan.
2022-yil may oyidan boshlab “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv Raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

Bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari Sh.Gulturayev quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- Kichik va oʻrta biznes departamenti;

- Marketing departamenti;

- Chakana biznes departamenti;

- Bank mahsulotlarini sotish va tarmoqlarni muvofiqlashtirish departamenti;

- Raqamli bizness departamenti;

- Biznes tahlil va modellashtirish markazi

- Hududlarni iqtisodiy rivojlantirish loyihasini amalga oshirish maqsadida Bankning mintaqaviy filiallari negizida tashkil etilgan “Loyihalar fabrikasi” faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Abduraxmanov Farrux Talipjanovich

Abduraxmanov Farrux Talipjanovich
  1. Boshqaruv Raisining o'rinbosari
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-95
  4. E-mail: info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar
Abduraxmonov Farrux Talipjanovich 1980-yil 11-aprelda Qozog'iston Respublikasi Turkiston shahrida tug'ilgan. 

2004-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr, 2006-yil magistratura yoʻnalishini tamomlagan.

F. Abduraxmonov o'z faoliyatini 2003-yilda O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida boshlagan.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi faoliyati 2018-yilda Korporativ mijozlarni moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari vazifasidan boshlangan.

2019 -yildan 2021 -yilgacha - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kreditlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash departamenti, Muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti hamda Davlat dasturlari loyihalari bilan ishlash departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.

2021- yildan boshlab  "O‘zsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Bank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari  F.Abduraxmonov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- Korporativ  biznes departamenti;

 - Tranzaksion banking departamenti; 

 - Green banking departamenti;

 - Kredit qarzdorliklari bilan ishlash departamenti;

 - “SQB Securities” MChJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish.



Yusupov Shoxzod Maxmatmurodovich

Photo_2.jpg
  1. Boshqaruv Raisining o'rinbosari-Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (78) 120 45 00 (1077)
  4. E-mail:is.yusupov@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar
Yusupov Shoxzod Maxmatmurodovich 1983-yil 14-yanvarda Qashqadaryo viloyatida tug'ilgan.

2004-yil Qarshi shahridagi muhandislik-iqtisodiyot institutining bakalavr, 2006-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura yo'nalishlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003-yilda Qashqadaryo viloyatida Suvqurilish yordamchi-hisobchisi sifatida boshlagan. 

2005-2017-yillarda O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tizimida faoliyat yuritgan.

2018-yildan 2022-yilgacha  "O‘zsanoatqurilishbank" ATB Ijro apparati rahbari o'rinbosari, Hukumat topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig'i hamda Qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.

2022-yil noyabr oyidan boshlab “O’zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisining o’rinbosari v.v.b. lavozimiga tayinlangan.

Bank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari SH.Yusupov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- Davlat dasturlari loyihalari bilan ishlash departamenti;

- Kichik kredit qoʻmitasi ishiga rahbarlik qiladi;

- Qurilish materiallari ishlab chiqarishini rivojlantirish departamenti;

- Investitsion loyihalarni moliyashtirish markazi;

- "O'zsanoatqurilishmateriallarni" uyshmasi bilan hamkorlik qilish; 

- “SQB Insurance” MChJ, “SQB Consulting” МChJ faoliyatlarini muvofiqlashtirish.

Umarov Davron Shavkatovich

Abduraxmanov Farrux Talipjanovich
  1. Boshqaruv Raisining o'rinbosari
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon:
  4. E-mail: info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

Mullajanov Boburjon Kodirovich

Фото_1.jpg
  1. Kredit bosh direktori  
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120 45 00 (1331)
  4. E-mail:mshermatov@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

Mullajanov Boburjon Kodirovich 17.02.1986 yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan.

2007 yil Toshkent moliya instituti xalqaro valyuta kredit munosabatlari yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichini, 2009 yil Toshkent moliya instituti bank ishi yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2007 yil O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Sobir Raximov filiali Kreditlash va investitsiya loyihalari bo‘limi 2-toifali mutaxassisi, 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi lavozimlaridan boshlagan.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi mehnat faoliyatini 2018 yil “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kichik biznesni kreditlash departamenti direktori o‘rinbosari lavozimidan boshlagan.

2018-2023 yillarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kichik biznesni kreditlash departamenti direktori, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kreditlarni ma’qullash departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.

Mullajanov Boburjon Kodirovich 2023 yil oktyabr oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kredit bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Kredit bosh direktori B.Mullajonov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- Kreditlarni ma'qullash departamenti;

- Kreditlarni boshqarish departamenti.


Vakant


  1. Moliyaviy resurslarni boshqarish bosh direktori 
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: (78) 120 45 00 
  4. E-mail:info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar

Akbarov Xikmat Gʻayratovich

Photo_9.jpg
  1. Risk bosh direktori —Boshqaruvi aʼzosi
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha
  3. Telefon: (78) 120 45 00 (1099)
  4. E-mail:akbarov@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar
Akbarov Xikmat Gʻayratovich 1970-yil 21-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1993-yilda Toshkent moliya institutini, 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. 

X.Gʻ.Akbarov oʻz mehnat faoliyatini 1993-yilda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Xalq xoʻjaligi tarmoqlarini kreditlashni tashkil etish  boshqarmasining xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish boʻyicha sanoat korxonalarini kreditlash boʻlimida 2-toifali mutaxassis lavozimidan boshladi. U 1995-yilning sentabr oyida Veksellarni hisobga olish boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi va oradan ikki oy oʻtgach, Aktivlar va passivlar boshqarmasining veksellar boʻlimiga rahbarlik qila boshladi. 

1997-2008-yillarda X.Gʻ.Akbarov Operatsion boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, Shahriston filiali boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi, Gʻaznachilik departamenti aktivlar va passivlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi vazifasini bajaruvchi va keyinchalik shu boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishladi.

U 2008 - 2009-yillar davomida “Turkiston”  xususiy ATB boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat koʻrsatdi.

2009-yilning sentabr oyida X.Gʻ.Akbarov “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Aktivlar va passivlar boshqarmasining boshligʻi lavozimiga qaytib keldi. Oradan bir oy oʻtib, u bankning Investitsiyaviy faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish departamenti direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.

2010-yildan to 2022-yilga qadar u Gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻi va Gʻaznachilik departamenti direktori lavozimlarida samarali faoliyat koʻrsatdi.

2022-yilning may oyida X.Gʻ.Akbarov bankning Strategik rivojlanish departamenti direktori etib tayinlandi.

2023- yilning yanvar oyida bankning Risk bosh direktori etib tayinlandi.
Risk bosh direktori X. Akbarov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

- Risk menejment departamenti;

- Komplaens-nazorat departamenti.

Behzod Bakhtiyorovich Uzaqov

Photo_9.jpg
  1. Yuridik departament direktori-Boshqaruv a'zosi
  2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha
  3. Telefon: (+99878) 120-45-55
  4. E-mail: info@sqb.uz
  • Biografiya
  • Vazifalar
Uzaqov Behzod Baxtiyorovich 1987 yil 12 aprelda Farg'ona viloyatining Rishton tumanida tug'ilgan.

2011 yilda Toshkent davlat yuridik universitetini magistr darajasida tamomlagan.

O'z kasbiy faoliyatini 2011 yilda "O'zsanoatqurilishbank"ATB Toshkent viloyati mintaqaviy filiali amaliyot bo'limi yuridik maslahatchisi va yuridik xizmatining yetakchi mutaxassisi sifatida boshlagan.

2018 yildan 2023 yilgacha muammoli aktivlar bilan ishlash va risklarni boshqarish monitoringi bo'limi boshlig'ining o'rinbosari, kredit monitoringi va muammoli aktivlar bo'limi, "O'zsanoatqurilishbank"ATBning sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishlash bo'limi boshlig'i lavozimlarini egallagan.

2020 yilda "O'zsanoatqurilishbank"ATBning kreditorlik qarzlari bilan ishlash departamentiga o'tdi.
2021 yil fevraldan 2023 yil noyabrgacha Uzoqov yuridik departament direktori vazifasini bajaruvchi, keyinchalik esa Asakabank departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.

2023 yil dekabr oyida "O'zsanoatqurilishbank"ATB yuridik departamenti direktori lavozimiga tayinlandi. Tayinlanishidan oldin bir oy davomida bankning yuridik departamenti direktorining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat ko'rsatgan.
Yuridik departament direktori B. B. Uzaqov:

- Bankning ichki normativ-huquqiy va boshqa hujjatlari loyihalarini Qonunchilik normalariga muvofiqligini nazorat qilish.

- Bank filiallari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylik ta ' minlanishini tashkil etish.

- Bankning shartnomaviy-huquqiy va da 'vo ishlarini ko' rib chiqish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilishni ta 'minlash bilan shug' ullanadi.



Fuqarolar og`zaki arizalarini ko'rib chiqish:

Tel: (+998 78) 120-45-01 


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.03.2024 10:34  
up