Strategiya


  • Bankni rivojlantirish strategiyasi
  • Biznes reja
  • Biznes reja bajarilishi
  • Yillik hisobot

Strategik maqsad — bankni raqobatbardosh, mijozlarga yo‘naltirilgan, bozor mexanizmlari asosida faoliyat yuritadigan, nafaqat mijozlar, balki sarmoyadorlar uchun jozibador bo‘lgan bankka aylantirish va kelgusida bankni xususiylashtirish. 



Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish:

  • “yashil” tarmoqlarni investisiya-kredit jihatidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish;  

  • aholining yashash sharoitlarida energiya samaradorlikni oshirish dasturlarini amalga oshirish;

  • kam energiya sarflanuvchi maishiy texnikalar sotib olishni moliyalashtirish (energiya sarflash darajasi «A» va undan past bo‘lgan texnikalar);

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari, resurs va energiya sarfi samaradorligini oshirish, chiqindilarni qayta ishlash yo‘nalishlari uchun investisiyalarni jalb qilish;

  • “greenbond” shaklidagi innovasion moliyaviy vositalarni muomalaga chiqarish;

  • barcha turdagi resurslar iqtisod qilinadigan va atrof muhitga g‘amxo‘rlikni o‘zi mujassam etgan ekologik xavfsiz binolarni qurish va yashil ofislarni tashkil qilish;

  • energiyani iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish orqali yashil bino konsepsiyasini amalga tatbiq qilish maqsadida, bankning barcha binolarini energiya auditidan o‘tkazish;

  • ekotizim doirasida mijozlarimiz bo‘lgan korxonalarning asosiy vositalarini yuqori darajadagi texnologiyalar bilan modernizasiyalash va yangilash, shu orqali chiqarilayotgan mahsulotlarni tannarxini pasaytirish va raqobatbardoshligini oshirish;

  • atrof muhitga ta'siri juda kam bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy kapitalni jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish;

  • bankning barcha kredit-investisiya amaliyotlariga ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish proseduralarini joriy qilish;

  • soatiga 807TVt elektr energiyasi iqtisod qilish;

  • SO2 gazlari chiqishini 163 kilo-tonnaga kamaytirish.



Rivojlanishning asosiy vektori – korporativ mijozlar bilan tashkil etilgan bank xizmatlarining ekotizimi orqali bank faoliyati ko‘lamini yanada kengaytirish va bunda asosiy e'tiborni kichik va o‘rta biznesni hamda chakana biznesni rivojlantirishga qaratish. 



Strategik modernizasiyalashning ustuvor yo‘nalishlari:

  • Operasion samaradorlikni oshirish.

  • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish.

  • Kredit qo‘yilmalari va resurs bazasini diversifikasiyalash.

  • Axborot texnologiyalari infratuzilmasini modernizatsiyalash.

  • Risklarni boshqarish tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

  • Mijozlarning moliyaviy savodxonligi va xodimlar malakasini oshirish.

  • Kredit siyosatini takomillashtirish, innovatsion va masofaviy xizmat ko‘rsatish servislarini joriy qilish.



Bozorni egallash bo‘yicha 2023 yilgacha maqsadlar:

  • Aktivlar xajmi bo‘yicha bozordagi ulushni 15% ga yetkazish orqali bank mavqeini yanada mustahkamlash;

  • Kredit qo‘yilmalari xajmi bo‘yicha bozordagi ulushni kamida 16% ga yetkazish;

  • Kapital hajmi bo‘yicha bank ulushini 14% ga oshirish;

  • Depozitlar hajmi bo‘yicha bozordagi ulushni kamida 13% ga yetkazish;

  • Aholiga ajratilgan chakana kreditlar portfeli bo‘yicha bozordagi ulushni kamida 12% ga yetkazish orqali bankni eng yuqori o‘ringa ko‘tarilishini ta'minlash;

  • Aholi omonatlari hajmi bo‘yicha ulushni 14% dan oshirish evaziga bankni bozordagi yetakchilik mavqeini yanada mustahkamlash.



Strategiyaning eng muhim moliyaviy maqsadlari: 

  • Aktivlar rentabelligini (ROA) 1,2% dan,

  • Kapital rentabelligini (ROE) 9,4% dan,

  • Riskka tortilgan aktivlar rentabelligi ROA ko‘rsatkichini 1,23% dan,

  • Sof foizli marja stavkasini (NIM) 5,7% dan oshirish.



Biznes-yo‘nalishlar bo‘yicha rejalar:

  • Korporativ biznes – mijozlar ehtiyojlarini va tarmoqlar xususiyatlarini o‘rganish asosida har bir mijozga alohida yondashuvga e'tibor qaratgan holda, mavjud biznes model yanada rivojlantiriladi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida yangi sharoitlarga tezkorlik bilan moslashish, yangi shakldagi mahsulot va servislarni ishlab chiqish imkoniga ega bo‘linadi va mijozlarning bank bilan munosabatlari yanada soddalashtiriladi.

  • Kichik va o‘rta biznes  -  mijozlarning bizneslari rivojlanishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi, kichik va o‘rta biznesning qator mahsulotlari takomillashtiriladi. Yetkazib beruvchilar zanjirini moliyalashtirishga alohida e'tibor qaratiladi (Supply Chain Finance).

  • Chakana biznes –butun e'tibor mavjud mijozlar bazasi hamda muhim segmentlar hisoblangan ish haqi kartalaridan foydalanuvchilar va hamkorlarning xodimlari bilan ishlashga qaratilgan holda chakana biznes yanada rivojlantiriladi. Mavjud marketpleys tizimi va boshqa xizmatlar kengaytiriladi. Elektron tijoratni rivojlantirish birinchi o‘ringa chiqariladi.



Biz mijozlarimizga, xodimlarimizga va aksiyadorlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Qat'iy ishonch bilan shuni ta'kidlamoqchimizki, mavjud imkoniyatlar va yillar davomida shakllangan tajribaga asoslanib, mijozlar, hamkorlar, aksiyadorlar va butun jamiyat manfaatlarini himoya qilgan holda, oldimizga qo‘ygan eng yuqori marralarni zabt etish, rivojlanish yo‘lida olib borayotgan ishlarimizni yanada shiddat bilan davom ettiramiz.




Oxirgi yangilanish sanasi: 27.01.2024 12:58  
up