28 mlrd so‘m ekvivalentigacha
Kreditning maksimal miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
12 oygacha
Imtiyoz muddati
UZS,USD, RUB, EUR
Kredit valyutasi
Mikro va kichik biznes subyektlari
Kimga to'g'ri keladi
MB stavkasi × 1,75 dan boshlab
Foiz stavkasi
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kredit maqsadi:
• ko‘p qavatli turar joylar qurilishi;
• yakka tartibdagi uy-joy qurilishi;
• binolarni rekonstruksiya qilish;
• binolarni joriy ta’mirlash;
• investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qurilish;
• pudrat va/yoki subpudrat shartnomalari asosida aylanma mablag‘larni to‘ldirish.
Loyiha bank filiali joylashgan hududdan 200 km radiusgacha bo‘lishi lozim.
Kredit valyutasi:
• milliy valyuta (so‘m);
• xorijiy valyuta (AQSh dollari, yevro, rubl).
Kredit summasi:
28 mlrd so‘m ekvivalentigacha.
Foiz stavkasi:
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
• milliy valyutada — Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
• “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi loyihalar uchun — Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirilganda MB asosiy stavkasi + 2 foiz punkt;
• xorijiy valyutada — yuridik shaxslar va YTTlar uchun amaldagi bank stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda.
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
Moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.
Kredit muddati:
• 60 oygacha — kredit maqsadiga qarab;
• 24 oygacha — turar joy qurilishi uchun;
• 36 oygacha — rekonstruksiya va noturar obyektlar qurilishi uchun;
• 18 oygacha — pudrat va subpudrat shartnomalari uchun.
Imtiyozli davr:
• 12 oygacha — qurilish, rekonstruksiya, ta’mirlash va investitsiya loyihalari uchun;
• 3 oygacha — aylanma mablag‘larni to‘ldirish kreditlari uchun.
Kredit ta’minoti:
Kredit summasining kamida 125% miqdorida
(aloqador shaxslar uchun — kamida 130%).
Qabul qilinadigan garov turlari:
ko‘chmas mulk;
ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositalari;
ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan maxsus texnikalar;
pul mablag‘lari;
kredit mablag‘lari hisobiga qurilayotgan obyektlar.
Qo‘shimcha shartlar:
• moliyalashtirish loyiha smeta qiymatining 70%igacha;
• qarz oluvchi loyiha qiymatining kamida 30%ini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishi lozim;
• kredit bosqichma-bosqich (transhlar asosida) ajratiladi;
• “Yangi O‘zbekiston” massivlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarni garovga olishga ruxsat etiladi;
• kredit maksimal 5 ta transhgacha ajratilishi mumkin;
• bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha nazorat o‘lchovlari majburiy hisoblanadi.
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
Kredit muddati
Imtiyozli davr
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
Kredit muddati
Imtiyozli davr
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
Kredit muddati
Imtiyozli davr
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
Kredit muddati
Imtiyozli davr
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
Kredit muddati
Imtiyozli davr
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
Kredit muddati
Imtiyozli davr
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
moliyalashtirish manbasi shartlariga asosan.
Asosiy hujjatlar to‘plami:
Ariza.
Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining kredit olishga roziligi.
Oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
Choraklik moliyaviy hisobot yoki tezkor buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar hisoboti.
Boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumot.
Oldi-sotdi shartnomasi yoki import kontrakti.
Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi.
Kredit hisobiga qurilayotgan obyektlar investitsion shartnomalar asosida sotilmaganligi to‘g‘risidagi kafolat xati.
So‘nggi 6 oy ichida ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari o‘zgargan hollarda Davlat xizmatlari markazidan ma’lumotnoma.
Rossiya, Belarus yoki Eron kontragentlari ishtirok etgan hollarda Tier 1 / Band 1 darajadagi xalqaro yuridik kompaniyaning ijobiy xulosasi.
Bank talabiga asosan boshqa hujjatlar.
Qurilish loyihalari uchun qo‘shimcha hujjatlar:
Hokim qarori yoki yer uchastkasi hujjatlari.
Ekologik ijobiy xulosa.
Nazorat o‘lchovlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma.
Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i.
Loyiha-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosasi.
Qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi ruxsatnomasi.
Bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha F№3 ma’lumotnomasi.
Nazorat o‘lchovlari bo‘yicha xulosa.
Pudrat shartnomasi (mavjud bo‘lsa).
Texnik-iqtisodiy asosnoma.
Ta’minot bo‘yicha hujjatlar:
Garov mulki bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.
Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr hujjatlari.
Transport vositasi yoki maxsus texnika texnik pasporti.
Mol-mulkni garovga qo‘yish bo‘yicha mulkdorlarning roziligi.
Kafil hujjatlari va kafillik beruvchi korxonaning moliyaviy hisobotlari.
Qarz oluvchi mikro va kichik biznes subyekti bo‘lishi lozim.
Ustav fondi to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Korxona kamida 6 oy oldin davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi lozim.
Kredit yuklamasi 150%dan oshmasligi kerak
(pudrat va subpudrat shartnomalari bo‘yicha — 100%dan oshmasligi lozim).Moliyaviy hisobotlar ijobiy bo‘lishi kerak.
O‘z aylanma mablag‘lari ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi lozim.
Barcha bank va kredit tashkilotlari oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi kerak.
2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
KATM ma’lumotlariga ko‘ra, qarz oluvchining “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifasiga kiritilgan amaldagi kreditlari bo‘lmasligi kerak.
Qurilish tashkilotining reytingi Qurilish vazirligi rasmiy saytida “CC” reytingidan past bo‘lmasligi lozim.
Qarz oluvchi va unga aloqador korxonalar bo‘yicha Majburiy ijro byurosida ijro ishlari mavjud bo‘lmasligi kerak.
Kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
KATM reyting natijasi kamida 200 ball bo‘lishi kerak.
Qarz oluvchi qurilish amalga oshiriladigan yer uchastkasiga mulk, doimiy foydalanish yoki ijara huquqi asosida ega bo‘lishi lozim.
Qarz oluvchi loyiha qiymatining kamida 30%ini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishi kerak.
Oxirgi yangilanish sanasi: 26.05.2026 10:37













