Barcha kreditlar
Qo'mita Raisi: Muxtarov Ulug’bek Xakimovich,
A'zolar: Ayzup Yuliya Aleksandrovna, Ferdinand Villem Tuinstra;
Asosiy vazifasi ichki va tashqi audit ishinining mustaqil va sifatli bajarilishini tashkil etish va ta’minlash, Kengashga bunday masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar tayyorlash nuqtai nazaridan Bank Kengashi vakolatiga kiruvchi eng muhim masalalarni oldindan ko’rib chiqishdan iborat. Qo’mita bankning ichki va tashqi audit, moliyaviy hisobot va axborotni oshkor qilish bo’yicha siyosatini shakllantirishda, shuningdek, auditorlarning tavsiyalarini joriy etish va amalga oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni monitoring qilishda yordam beradi.
Tegishli ichki nazorat tizimini yaratish va qo’llab-quvvatlash maqsadida Bank Kuzatuv kengashining 3 nafar a’zosidan iborat bo’lgan Audit qo’mitasi tuzilgan. Audit qo’mitasiga O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi ijrochi direktorining o’rinbosari U. Muxtarov rahbarlik qiladi. Audit qo’mitasi ichki audit va risklar sohasida katta tajribaga ega bo’lgan ikki nafar xorijiy mustaqil a’zolardan (Yu.Ayzup va F.Tuinstra) iborat.
Qo'mita Raisi: Georgiy Chiladze.
A'zolar: Gregg S. Robins, Otajonov Murodbek Bekberganovich;
Qo’mitaning asosiy vazifasi Bankning risklarni boshqarish tuzilmasini nazorat qilish va risklarni boshqarish va komplayens-nazorat tizimlari Risk-appetitni boshqarish Siyosati va komplayens-nazorat tashkilotida maqbul xalqaro amaliyoti va standartlariga, hamda Bank Kengashi tomonidan belgilanadigan boshqa parametrlarga to’g’ri keladigan Risklarni boshqarish Strategiyasi, Bankning rivojlanish Strategiyasiga ko’ra risklarni boshqarish uchun ishlatilishiga ishonch hosil qilishni ta’minlashdir.
Qo'mita Raisi: Oksana Sivokobilska;
A'zolar: Georgiy Chiladze, Isaqov Odilbek Rustamovich
Qo’mitaning asosiy vazifasi Bank xodimlarining mehnatiga haq to’lashning samarali amaliyotini, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va doimiy kasbiy o’sishi dasturlarini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan, bank Kengashi vakolatiga kiradigan ayrim masalalarni, shuningdek, kadrlar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, Kengash va Boshqaruv a’zolarining ketma-ketligi rejalarini amalga oshirish, Bank Kengashining professional tarkibi va faoliyati samaradorligini oshirish bilan bog’liq masalalarni dastlabki ko’rib chiqish, shuningdek, Qo’mita vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Bank Kengashiga tavsiyalar tayyorlash orqali Bank Kengashi faoliyatining samaradorligi va sifatini oshirishdan iborat.
Qo'mita Raisi: Ferdinand Villem Tuinstra
A'zolar: Gregg S. Robins, Nazarov Azizxon Bahrom o'gli.
Qo’mitaning asosiy vazifasi Bank va uning aksiyadorlarining manfaatlarini yirik bitimlar tuzish to’g’risida yetarlicha tayyorlanmagan qarorlar qabul qilinishi, shuningdek, Bankning mansabdor shaxslarini affillangan (assosiatsiyalangan) shaxslar bilan noqulay shartlarda bitim tuzishga undash maqsadida, Bankning manfaatdor shaxslariga amalga oshirilayotgan tazyiq/ta'sir holatlari natijasida yetkazilishi mumkin bo’lgan zarardan himoya qilish, va Boshqaruvning bitimlarni ishlab chiqish va bajarish bilan bog’liq biznes jarayonlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha faoliyatini nazorat qilish, Bank Kengashiga mazkur masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar tayyorlashdan iborat.
Qo'mita Raisi: Yuliya Aleksandrovna Ayzup
A'zolar: Oksana Sivokobilska, Muxtarov Ulug’bek Xakimovich, Isaqov Odilbek Rustamovich
Qo’mitaning asosiy vazifasi Bankning rivojlanishi strategiyasini ishlab chiqish, uzoq muddatli istiqbolda Bank faoliyati samaradorligini baholash va ichki va tashqi moliya bozorlaridagi mavjud vaziyatni tahlil qilishdan kelib chiqib, Bank Kengashiga Bankning mavjud rivojlanish strategiyasini va faoliyatining ayrim yo’nalishlarini o’zgartirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bundan tashqari, qo’mita Bank ustaviga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish masalalari bo’yicha, shuningdek, Bank kapitalini boshqarish masalalari, shu jumladan Bankning ustav aksiyalari sonini ko’paytirish, ularni joylashtirish va sotib olish, bank aksiyalari va Bankning boshqa qimmatli qog’ozlarini joylashtirish narxi va usullarini belgilash, hamda bank kapitaliga investorlarni jalb qilish masalalari bo’yicha Bank Kengashiga tavsiyalarni ko’rib chiqish, tayyorlash va taqdim etish bilan shug’ullanadi.