Korporativ boshqaruvning tuzilmasi


“O’zsanoatqurilishbank” ATBning korporativ boshqaruv va ijro etuvchi organlari tizimi – bu aksiyadorlar (mulkdorlar), Kuzatuv kengashi, ijro etuvchi organ – Boshqaruv va boshqa manfaatdor shaxslar o’rtasidagi munosabatlar tizimi bo’lib, korporativ qarorlar qabul qilish qoidalari va tartibini belgilab beruvchi, Bank faoliyatini boshqarish va nazorat qilishni ta’minlaydigan tizimdir.

Bankning oliy boshqaruv organi Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi hisoblanib, yiliga kamida bir marta chaqiriladi. Aksiyadorlarning yillik hisobot yig’ilishi har yili 1 iyulgacha o’tkaziladi. Biznesning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida korporativ bank faoliyatining yuqori standartlariga rioya qilgan holda, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonun talablariga muvofiq Bank aksiyadorlarining 2022 yil 24 iyundagi umumiy yig’ilishi tomonidan Bank Kengashining mustaqil a’zolari soni 9 nafar saylangan a’zodan 5 nafarigacha yetkazildi. Bank Kengashiga saylangan mustaqil direktorlar moliya institutlari va bankning korporativ boshqaruvi sohasida katta xalqaro tajribaga ega bo’lgan xorijiy mutaxassislar hisoblanadi.

Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishida yangi saylangan Kengash o’zining birinchi yig’ilishida Kengash raisini va uning o’rinbosarlarini saylaydi, hamda Kengashning saylangan a’zolari orasidan Kengashning 5 ta qo’mitasini tuzadi.

Barqaror va rejali rivojlanish maqsadida Bankda, shuningdek, Bankning Ichki audit xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan samarali tashqi va ichki nazorat tizimi, mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan Bank moliyaviy hisobotlarining Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) muvofiqligi yuzasidan muntazam tekshiruvlar o’tkazib borilmoqda. 26 ta boshqaruv qarorlarining maksimal shaffofligi va asosliligini ta’minlash maqsadida Bank faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarning mavjudligi va sifatini oshirish siyosatiga amal qiladi, bu siyosat Bank veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida o’z aksini topadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi qarorida korporativ boshkaruv tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, kelgusida bankning davlat ulushini xususiylashtirish to’grisida qayd etilgan. Ushbu hujjatda banklarni isloh qilishning vazifalaridan biri - samarali boshqaruv mexanizmini yaratish, korporativ bank faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirishdan iborat ekanligi, bu xorijiy investitsiyalarni jalb etishning muhim sharti bo’lib xizmat qilishi, chunki barqaror banklarsiz barqaror va muvaffaqiyatli iqtisodiyot bo’lishi mumkin emasligi qayd etilgan. Shu bois Bank korporativ bank faoliyatini yanada takomillashtirish va moliya sektorida xalqaro miqyosda tan olingan yondashuvlarni joriy etish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshiradi.

Bank Boshqaruvi Bankning ijro organi bo’lib, uning tarkibi Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishida saylanadi, yoki unda Boshqaruvning amaldagi a’zolari bilan tuzilgan shartnomani uzaytirish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Aksiyadorlar yig’ilishlari oralig’idagi davrda Bank Boshqaruvi a’zolari Bank Kengashining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.



Oxirgi yangilanish sanasi: 09.10.2023 12:03  
up