Tezkor qarz olishning besh usuli

Ma'lum bir miqdorda shoshilinch pul kerak bo‘lib qoldi, ammo oylik maoshgacha uzoqmi? Masalan, siz qimmat narxdagi haridni rejalashtirdingiz, lekin o‘zi imkoniyatlaringizni baholay olmadingiz va qo‘shimcha pul zarur. Yoki qiyin bir ahvolga tushib qoldingiz, ma'lum bir miqdoda pul zarur bo‘lib qoldi, lekin hozirgi paytda ushbu mablag‘ sizda yo‘q. Balki, siz chegirmali sotuvda bo‘lgan mahsulotni sotib olishga ulgurishni istayotgandirsiz? Qanday va qaerda kerakli bo‘lgan summani tezda qarzga olish mumkin?

1. Lombard

Qimmatbaho buyumlarni garovga qo‘yish evaziga pul mablag‘ini qarzga olishning keng tarqalgan usuli. Faqat shuni yodda tutingki, qimmatbaho buyumlarni garovga qo‘yganingizda, ularning real narxiga nisbatan ancha past narxda qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Agarda o‘z vaqtida qarzni to‘lamasangiz- siz nafaqat narxi bo‘yicha qimmatbaho, balki siz uchun qadrli bo‘lgan, yorqin xotiralarni yodga solib turuvchi buyumingizdan bir umrga mahrum bo‘lishingiz mumkin.

2. Qarindoshlar yoki do‘stlardan qarz olish

Eng oddiy va sodda usuldir. Lekin, yaqin insonlaringizda har doim ham siz uchun kerakli bo‘lgan miqdordagi pul mablag‘lari bo‘lmasligi mumkin. Biroq, olingan qarzni belgilangan muddatda qaytarishning ilojisi bo‘lmasa, o‘zaro munosabatlarga darz ketishini mumkin.

3. Ish joyidan qarz olish

Ushbu variant har doim ham ish beravermaydi, chunki, odatda barcha xodimlar deyarli bir xil holatda bo‘ladilar va ularning imkoniyatlari siznikiga o‘xshashdir. Shu bilan birga, munosabatlarning darz ketishini hech kim inkor etma olmaydi yoki sizning ma'sulyatsizligingiz haqida xulosalar ham chiqarilishi mumkin.

4. Tilxat evaziga “fuqarolardan” qarz olish

Ko‘pchilikning fikricha, tilxat asosida fuqarolardan qarz olish bankdan qarz olishga nisbatan osonroq va ishonchliroq. Sababi, bankda rad etishlari va foizlari yuqori bo‘lishi mumkin. Amalda esa, aynan shunday kreditorlar foizlarni ko‘paytiradilar, bundan tashqari sizning shaxsiy ma'lumotlaringizdan firibgarlik maqsadalrida ham foydalanishlari mumkin.

5. O‘zsanoatqurilishbankda onlayn-mikroqarzlar

Katta bo‘lmagan miqdordagi summani qrzga olishning optimal, ishonchli va tezkor uslubi.

Katta bo‘lmagan summalar tez, ortiqcha savollar, hujjatlar va kafillarsiz beriladi. Bundan tashqari, hech kim qarzni muddatidan avval qaytarishni talab qilmaydi- mikroqarz 12 oygacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtiriladi.

Rasmiylashtirish uchun kerakli bo‘ladigan barchasi - bu internetga ulangan mobil telefonidir. JOYDA ilovasini yuklab oling, o‘zingizni kartangizni ro‘yxatdan o‘tkazing yoki yangisiga buyurtma bering. Kartangizga mikroqarzni rasmiylashtiring va keyingi kuni pullar sizda bo‘ladi.

Onlay-mikroqarz miqdori 2 milliondan 20 milliongacha bo‘lishi mumkin.

SQB dan JOYDA ilovasi yordamida siz ko‘plab yangi imkoniyatlar, qulayliklar va sizga mos keladiganini tanlash huquqiga ega bo‘lasiz. Barchasi sizning ehtiyojingiz va istaklaringizga bog‘liq.


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.10.2021 15:10  
Pulingizni JOYDA mobil ilovasi orqali oʻtkazing!

Boshqa banklarning HUMO va UZCARD kartalariga pul oʻtkazmalari uchun atigi 0,35% komissiya

SQB kartalari orasida - 0%!

playmarketappstore
up