Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring
Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing
Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling
Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.
To'lov turini tanlang
Yillik foiz miqdori (%)
Pasport yoki ID-karta
Sotib olish shartnomasi
Ko‘chmas mulk bo‘yicha hujjatlar
Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun, zarur hollarda — ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat
Kredit O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan shaxslarga ajratiladi.

SMS
2500 raqamiga yuborish orqali
Bank orqali
Istalgan ofisida
Kreditning maqsadi:
birlamchi uy-joy bozoridan (foydalanishga topshirilgan, xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) xonadon sotib olish
Imtiyozli davr:
6 oygacha (faqat differensial to‘lov jadvalida, mijoz xohishiga ko‘ra)
Birgalikda qarz oluvchilar soni:
5 tagacha
Kredit miqdori:
Toshkent shahrida — 480 mln so‘mgacha
Hududlarda — 380 mln so‘mgacha
Boshlang‘ich to‘lov:
15 % dan
To’lov usuli:
qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial
Yillik foiz stavkasi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 4 %
(Ish haqi loyihasi doirasida — asosiy stavka + 3 %)
Kredit muddati:
20 yilgacha
Subsidiya shartlari:
30 mln so‘m — boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash
Foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash — kreditning birinchi 5 yili davomida.
Qarz oluvchi kamida 5 % o‘z mablag‘i bilan qatnashadi.
Subsidiya xabarnomasi 4 oy amal qiladi.
Ta’minot:
Sotib olinayotgan xonadon bankka garov sifatida rasmiylashtiriladi.
Kredit garov rasmiylashtirilgandan so‘ng ajratiladi.
Xonadonni majburiy sug‘urtalash talabi mavjud emas.

