«Mahalla ishbilarmoni» mikroqarzi


“Mahalla loyihasi” dasturi doirasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, naslli chorva mollarini xarid qilish va tuyachilikni rivojlantirish uchun.

«Mahalla ishbilarmoni» mikroqarzi

Мaksimal miqdori

100 mln so‘mgacha

Yillik kredit stavkasi

yillik 21%

Kredit muddati

7 yilgacha

Imtiyozli davr

3 oygacha.

“Mahalla ishbilarmoni” mikroqarzini qanday olish mumkin?

Kredit olish bosqichlari:

Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling


Bank uchun kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting

Bank bilan kredit shartnomasini imzolang


Kerakli hujjatlar:
  • Pasport yoki ID-karta

  • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

  • O‘zini o‘zi band qilganlik ma’lumotnomasi

  • 12 oylik ijtimoiy soliq ma’lumotnomasi

  • Biznes-reja

  • Ta’minotga doir hujjatlar

  • oilakredit.uz arizasi va shtab tavsiyanomasi (zarur hollarda)

  • Naslli chorva xaridi uchun shartnoma (zarur hollarda)

18–60 yoshdagi o‘zini o‘zi band qilgan O‘zbekiston fuqarolari uchun.

Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB Mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
SQB MOBILE yuklab olish

Kredit parametrlari
Annuitet
Differensial

Kredit turi

Kredit miqdori

Kredit muddati



*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Hisob-kitob natijalari:
Yillik foiz stavkasi:
Kredit muddati:
Oylik to‘lov:
Batafsil shartlar
  • Mikroqarz berish shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma’lumotlar

Mikrokredit maqsadi:

— o‘zini o‘zi band qilish tartibida o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun;
— chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda import qilingan va sertifikatlangan naslli chorva mollari xaridi va/yoki tuyachilik uchun.

Valyuta:

Milliy valyuta — so‘m.

Mikrokreditning eng ko‘p miqdori:

— tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida 50 mln so‘mgacha;
— ixtisoslashgan mahallalarda ixtisosligi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida hududiy/tuman/shahar shtabining tavsiyanomasi yoki qaroriga ko‘ra 100 mln so‘mgacha;
— chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda import qilingan va sertifikatlangan naslli chorva mollari xaridi va tuyachilik uchun 100 mln so‘mgacha (PQ-49 11-b bandiga asosan).

Bunda, qarz oluvchining barcha kredit tashkilotlarida mavjud jami mikrokredit mablag‘lari qoldig‘i ham hisobga olinishi lozim.

Boshlang‘ich badal:

Talab qilinmaydi.

Mikrokredit muddati:

7 yilgacha.

Imtiyozli davr:

Differensial to‘lov jadvali bo‘yicha 3 oygacha.

Foiz stavkasi:

Yillik 21%.

Foiz stavkasining bir qismini kompensatsiya qilish:

  • mahsulot yetishtirishga qaratilgan loyihalar uchun — 4 foiz punkti;
  • qo‘shimcha qiymat yaratuvchi qayta ishlash loyihalari uchun — 6 foiz punkti.

Kompensatsiya olish uchun ariza oilakredit.uz platformasi orqali yuboriladi. Kompensatsiya rad etilganda foiz to‘lovlari qarz oluvchi tomonidan to‘liq to‘lanadi.

To‘lov usuli:

  • annuitet;
  • differensial.

Mikrokredit ta’minoti:

Ta’minot miqdori mikrokredit summasining kamida 125%ini tashkil etishi lozim.

  • ikki nafargacha jismoniy shaxs kafilligi;
  • mikrokredit qaytarilmasligi xatari bo‘yicha sug‘urta polisi;
  • ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi;
  • ko‘chmas mulk.
    Turar joy garovga qo‘yilganda unda doimiy ro‘yxatda turuvchi shaxslar bo‘lmasligi lozim.

Mikrokredit ajratish usuli:

— qarz oluvchining bank kartasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan;
— naslli chorva mollari xaridi va tuyachilik uchun kredit mablag‘i pul o‘tkazish yo‘li orqali ta’minotchi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.


Hujjatlar

Kredit shartnomasi — TRK kompensatsiyasi va jismoniy shaxs kafilligi bilan

Yuklab olish
download

Kredit shartnomasi — jismoniy shaxs kafilligi bilan

Yuklab olish
download

Kredit shartnomasi — sug‘urta polisi bilan

Yuklab olish
download

Kredit shartnomasi — TRK kompensatsiyasi va jismoniy shaxs kafilligi bilan

Yuklab olish
download
Asosiy talablar
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • murojaat qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
  • SQBning tegishli tarmog‘iga biriktirilgan tumanda faoliyat yuritishi;
  • ijtimoiy soliq to‘lagan bo‘lishi;
  • asosiy qarz va foizlarni to‘lash uchun yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha biznes-rejaga ega bo‘lishi;
  • qarz yuki ko‘rsatkichi 50% dan oshmasligi;
  • muddati o‘tgan kredit va mikroqarz qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.

Amaldagi kreditlar, mikroqarzlar va berilgan kafilliklar mavjud bo‘lishiga to‘lovga layoqatlilik yetarli bo‘lgan taqdirda ruxsat etiladi.


Daromadni tasdiqlash

O‘rtacha oylik daromadni aniqlashda quyidagilar hisobga olinishi mumkin:

  • so‘nggi 6 oy uchun ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • pensiya miqdori va jamg‘arib boriladigan pensiya badallari;
  • to‘langan soliqlar va jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya;
  • so‘nggi 6 oy davomida bank hisobvaraqlari va kartalariga tushgan mablag‘lar;
  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tasdiqlangan daromadlar.

Mavsumiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar uchun so‘nggi 6 oy ichida kamida 3 oy davomida olingan daromadlar hisobga olinishi mumkin.

Daromadlar soliqlar chegirilgan holda hisobga olinadi.


Kafilga qo‘yiladigan talablar
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • murojaat qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • doimiy ish joyi va yetarli tasdiqlangan daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  • qarz yuki ko‘rsatkichi 50% dan oshmasligi;
  • muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.

Kafilning o‘zini o‘zi band qilish faoliyatidan olgan va mustaqil ravishda ko‘rsatgan daromadlari qabul qilinmaydi.


Qarz oluvchi uchun
  • pasport yoki ID-karta;
  • daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • 12 oy uchun ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha biznes-reja;
  • mikrokredit ta’minotiga doir hujjatlar;
  • mol-mulk garovi taqdim etilganda — mustaqil baholovchi tashkilotning hisoboti;
  • oilakredit.uz platformasi orqali yuborilgan buyurtmanoma — zarur hollarda;
  • naslli chorva mollari xaridi va tuyachilik uchun oldi-sotdi shartnomasi — zarur hollarda;
  • hududiy, tuman yoki shahar shtabining tavsiyanomasi yoxud qarori.

Qonunchilik talablariga muvofiq Bank tomonidan qo‘shimcha hujjatlar so‘ralishi mumkin.


Kafil uchun
  • pasport yoki ID-karta;
  • daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Kafil harbiy xizmatchi bo‘lsa, harbiy guvohnomasi bo‘yicha vizual identifikatsiyadan o‘tkaziladi.


Savollarga javoblar

- Ha, SQB kartasining mavjudligi majburiy. Biroq, siz SQB virtual kartasini JOYDA mobil ilovasi orqali -onlayn rasmiylashtirishingiz mumkin.
- Skoring amaliyotidan o‘tish uchun siz ish haqi kartasining raqamini ko‘rsatishingiz kerak.
- Mikroqarz miqdori ish haqi kartangizning skoringi asosida aniqlanadi va 100 million so‘mdan oshmaydi.
- Rasmiy ish joyiga ega bo‘lish arizani tasdiqlash uchun majburiy talab hisoblanadi. Ammo, agar siz nafaqaxo‘r bo‘lsangiz, nafaqa to‘lovlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etishingiz mumkin. Agar siz o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lsangiz, so‘nggi 6 oy ichida asosiy hisob raqamdan kamida 10% aylanmani tasdiqlovchi ma'lumotnoma taqdim etishingiz kerak bo‘ladi.
- Yo‘q. Arizani tasdiqlash uchun so‘nggi 6 oy ichida rasmiy daromad talab qilinadi.
- Verifikatsiya-bu yuzni aniqlash texnologiyasiga (face ID) asoslangan MyID tizimi orqali identifikatsiyani tekshirishni o‘z ichiga olgan jarayon.
- Bu savolga aniq javob berish juda qiyin. Ehtimol, siz kredit olish uchun bir yoki bir nechta majburiy shartlarga javob bermadingiz.

Ehtimoliy sabablar: so‘nggi 6 oy davomida barqaror daromadning yo‘qligi, past kredit reytingi, arizada noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma'lumotlar, yosh yoki fuqarolik talablariga mos kelmaslik, shuningdek, yuqori kredit yuklamasi.
- 5 daqiqada. Biroq, tizimda yoki bankning EXHT-da nosozliklar bo‘lsa, vaqtni uzaytirish mumkin va uni aniq bilish qiyin.
– Ha, siz bank ofisida mikroqarz rasmiylashtirish orqali tasdiqlangan summani naqd pul ko‘rinishida olishingiz mumkin.
Ha, mijoz xohishiga ko‘ra, kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta to‘lovi kredit summasiga qo‘shilishi mumkin

Ehtimol, sizni qiziqtiradi
Orzuingizdagi uy
ipotekaga yillik 17 % dan

Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan.

Orzuingizdagi uy <br>ipotekaga yillik 16,5 % dan
SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Oxirgi yangilanish sanasi: 30.10.2026 15:30  
up