HAMROH DASTURI krediti

ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kredit

HAMROH DASTURI krediti
Mahsulot haqida
Step icon

100 mln so‘mgacha

Kredit miqdori

Step icon

84 oygacha

Kredit muddati

Step icon

24 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

Milliy valyutada (so‘m)

Kredit valyutasi

Step icon

21 % yillik

Kredit stavkasi

Step icon

Mikro va kichik biznes subyektlari

Mijoz

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma’lumotlar

Kredit maqsadi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-385-sonli, 2025-yil 14-martdagi PQ-103-sonli qarorlari hamda 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga muvofiq, kredit quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:

  • asosiy vositalarni sotib olish uchun
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun

Kredit kimlarga ajratiladi:

Kredit ta’sischilari tarkibida ayollar ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yoki rahbari ayol bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek yakka tartibdagi ayol tadbirkorlarga ajratiladi.

Kredit miqdori:

Kredit miqdori kredit bitimi summasi va yaratiladigan ish o‘rinlari soniga bog‘liq:

  • 100,0 mln so‘mgacha
  • 100,0 mln so‘mdan BHMning 1 000 barobarigacha — kamida 2 ta ish o‘rni yaratilganda
  • BHMning 1 000 barobaridan 4 000 barobarigacha — kamida 5 ta ish o‘rni yaratilganda
  • BHMning 4 000 barobaridan 25 000 barobarigacha — kamida 10 ta ish o‘rni yaratilganda

Valyuta:

milliy valyuta

Moliyalashtirish manbasi:

“Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi” MCHJ

Kredit muddati:

Kredit berish shartlari kredit maqsadiga bog‘liq:

  • asosiy vositalarni sotib olish uchun — 84 oygacha, biroq 2032-yil 30-iyundan kechiktirmagan holda
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 18 oygacha

Imtiyozli davr:

Kredit maqsadiga qarab taqdim etiladi:

  • asosiy vositalarni sotib olish uchun — 24 oygacha, biroq 2027-yil 30-iyundan kechiktirmagan holda
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 3 oygacha

Foiz stavkasi:

yillik 21 %

Kredit ta’minoti:

Ta’minotning quyidagi shakllari qabul qilinadi:

  • “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi — kredit summasining 70 %igacha
  • kredit riskini sug‘urtalash va/yoki mulkiy ta’minot — kredit summasining 125 %igacha
  • yetarli mulkiy ta’minot mavjud bo‘lganda qo‘shimcha kafillik va sug‘urta talab etilmaydi

Qo‘shimcha shartlar:

Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

  • xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida
  • hamroh.biznes-portal.uz axborot tizimi orqali
  • mablag‘lardan foydalanish Bank va qonunchilik talablariga muvofiq nazorat qilinadi
  • kredit to‘liq so‘ndirilgandan so‘ng qayta olish imkoniyati mavjud


Hujjatlar
Shartnoma

Shartnoma

Yuklab olish
DOWNLOAD

Kredit quyidagi shartlarga rioya qilinganda ajratiladi:
  • Yuridik shaxs ta’sischilari tarkibida ayollar ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lishi va/yoki korxona ayol rahbarligida faoliyat yuritishi kerak.
  • Yakka tartibdagi tadbirkor — ayol bo‘lishi kerak.
  • Kredit summasi BHMning 1 000 barobarigacha bo‘lganda, mijozning faoliyat davriga talab mavjud emas.
  • Kredit summasi BHMning 1 000 barobaridan 4 000 barobarigacha bo‘lganda, mijozning faoliyat davri kamida 6 oy bo‘lishi kerak.
  • Kredit summasi BHMning 4 000 barobaridan 25 000 barobarigacha bo‘lganda, mijozning faoliyat davri kamida 12 oy bo‘lishi kerak.
  • Kredit summasi BHMning 1 000 barobarigacha bo‘lganda, mijozning hisob raqamiga tushumlar bo‘yicha talab mavjud emas.
  • Kredit summasi BHMning 1 000 barobaridan 4 000 barobarigacha bo‘lganda, oxirgi 6 oy davomida har oy hisob raqamiga tushumlar mavjud bo‘lishi kerak.
  • Kredit summasi BHMning 4 000 barobaridan 25 000 barobarigacha bo‘lganda, oxirgi 12 oy davomida har oy hisob raqamiga tushumlar mavjud bo‘lishi kerak.


Kredit olish uchun mijoz quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
  • kredit olish bo‘yicha ariza
  • tadbirkorning pasporti
  • YTT guvohnomasi (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun)
  • ta’sis hujjatlari (yuridik shaxslar uchun)
  • oldi-sotdi shartnomalari
  • faoliyat joyini tasdiqlovchi hujjatlar (kadastr hujjatlari, ijara shartnomasi, e-auksion dalolatnomasi, hokim qarori va boshqalar)
  • loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar

SQB BUSINESS
SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 19.06.2026 11:37
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит