Hech eshitganmisiz: «Kartangni ber, pul o‘tkazaman, keyin qaytaraman» degan gapni?
Yoki sizga yozishganmi: «Ishonchli odam kerak, faqat o‘tkazmani qabul qil — ozgina foyda olasan»?
Shu tariqa oddiy bank kartasi drop-kartaga — pul yuvish va firibgarlik vositasiga aylanadi.
Siz kartangiz ma’lumotlarini berasiz — va o‘sha zahoti begona firibgarlik sxemasining bir qismiga aylanasiz.
Hisobingiz orqali shubhali pul o‘tkazmalar o‘tadi, lekin holat fosh bo‘lganda, javobgarlik sizning zimmangizda bo‘ladi.
Firibgarlar uchun siz — faqat ism va karta xolos.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun esa — hamkor.
Bank har bir operatsiyani qayd etadi.
Kartangizdagi harakat — sizning izingiz, sizning imzoyingizdir.
Agar karta orqali noqonuniy operatsiyalar o‘tsa, tushuntirishni siz berasiz, “yordam so‘ragan” emas.
Karta va hisob qaytarib bo‘lmaydigan tarzda bloklanadi.
Pul mablag‘lari yo‘qoladi va ularni qaytarishning iloji bo‘lmaydi.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin.
Bank xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladi.
Hech qachon kartangizni va uning ma’lumotlarini boshqalarga bermang.
PIN-kod, SMS-kodlar va parollarni hech kimga aytmang — hatto “bank xodimi” deb tanishtirganlarga ham.
“Oson foyda” va “tez pul ishlash” haqidagi takliflarga ishonmang.
Esda tuting: karta sizniki — va javobgarlik ham sizniki.
Drop-karta — bu “daromad manbai” emas.
Bu — muammolar, pul yo‘qotish va obro‘dan ayrilish yo‘li.
Boshqalarning sxemasiga aralashmang.
Kartangizni asrang. O‘zingizni himoya qiling.

