Kredit qarzini internetsiz va bankka bormasdan soʻndirish usuli

Xayotimiz jadal suratlar bilan kechayotgan xozirgi davrda masofadan turib, ortiqcha aloqasiz va vaqtni yoʻqotmasdan u yoki bu masalalarni hal etish ancha qulaydir. Bu masala bank sohasiga ham tegishlidir.

Masalan, qanday qilib kreditning muddati oʻtganligi va qarzni toʻlash toʻgʻrisidagi maʼlumotni olishi mumkin?

Xammasi juda oson. Siz bu maʼlumotlarni olish uchun internetga kirishingiz shart emas, Oʻzsanoatqurilishbankining SMS-xizmatidan foydalanishingiz yetarli.

1. Kreditingizning “R ID” sini (probelsiz) SMS-xabar tarzda 2500 qisqa raqamiga yuboring.

2. Kredit boʻyicha muddati oʻtib ketgan qarzdorlik miqdori xaqidagi maʼlumot javob SMS- xabar tariqasida sizga yuboriladi.

3. Keyin esa karta raqamini va amal qilish muddatini kiriting (oʻzingizni yoki ishonchli odamingizni).

4. Karta egasi telefon raqamiga yuborilgan SMS-kod orqali xabarni tasdiqlang.

Yana bir ustunlik jixati shundaki, toʻlovni amalga oshirganda komissiyalarning yoʻqligi.



Oxirgi yangilanish sanasi: 21.10.2021 14:22  
up