START krediti

mikro va kichik biznesni rivojlantirish va kengaytirish uchun: uskunalar, ta’mirlash va modernizatsiya, shuningdek aylanma mablag‘larni to‘ldirish.

START krediti
Mahsulot haqida
Step icon

300 mln so‘mgacha

Kredit miqdori

Step icon

60 oygacha

Kredit muddati

Step icon

6 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

Milliy valyutada (so‘m)

Kredit valyutasi

Step icon

Yillik 19% dan

Kredit stavkasi

Step icon

Mikro va kichik biznes

Segment

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma’lumotlar

Kredit maqsadi:

Kredit quyidagi maqsadlar uchun taqdim etiladi:

  • asosiy vositalar, uskunalar, texnika, asbob-uskunalar va maxsus texnikalarni xarid qilish;

  • ishlab chiqarish binolarini (jumladan angarlar va sexlar) qurish va ta’mirlash;

  • biznesni modernizatsiya qilish va kengaytirish;

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish hamda boshqa joriy ehtiyojlar.

Kredit quyidagilar uchun ajratilmaydi:
qimorxona faoliyati (jumladan kazino), bilyard zallari, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va savdosi, shuningdek yengil avtotransport vositalarini xarid qilish.

Valyuta:

milliy valyuta (so‘m).

Moliyalashtirish miqdori:

300 mln so‘mgacha, shu jumladan:

  • 100 mln so‘mgacha (faoliyatini kengaytirgan mijozlar uchun — 150 mln so‘mgacha) — “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan;

  • 100/150 mln so‘mdan ortiq qismi — bank mablag‘lari hisobidan.

Kredit muddati:

  • aylanma mablag‘lar uchun — 12 oygacha;

  • asosiy vositalar, qurilish va ta’mirlash hamda uzoq muddatli aktivlar uchun — 60 oygacha.

Imtiyozli davr:

  • aylanma mablag‘lar uchun — 2 oygacha;

  • asosiy vositalar va uzoq muddatli maqsadlar uchun — 6 oygacha.

Foiz stavkasi:

100 mln so‘mgacha (faoliyatini kengaytirgan mijozlar uchun — 150 mln so‘mgacha):

mijoz ro‘yxatdan o‘tgan hudud toifasiga qarab belgilanadi:

Hudud toifasi Stavka
5-toifa 19%
4-toifa 20%
3-toifa 21%
2-toifa 23%
1-toifa 24%

100/150 mln so‘mdan ortiq qismi uchun:
foiz stavkasi bankning yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun amaldagi stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Kredit ta’minoti:

kredit summasining 125%idan kam bo‘lmagan miqdorda (aloqador shaxslar uchun — 130%).

100 mln so‘mgacha (faoliyatini kengaytirgan mijozlar uchun — 150 mln so‘mgacha):
ta’minot “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ depozit garovi hamda qo‘shimcha ta’minot (sug‘urta, kafillik) orqali shakllantiriladi.

100/150 mln so‘mdan ortiq qismi uchun:
bank talablariga muvofiq mulkiy ta’minot (jumladan ko‘chmas mulk), shuningdek kredit hisobiga xarid qilinadigan asosiy vositalar, uskunalar va maxsus texnikalar qabul qilinishi mumkin.

Qo‘shimcha shartlar:

  • kredit mablag‘lari transhlar orqali ajratiladi;

  • birinchi transh — kredit summasining 60%idan oshmaydi;

  • keyingi transhlar mablag‘larning maqsadli ishlatilishi tasdiqlangandan so‘ng ajratiladi;

  • “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan moliyalashtirish rad etilganda yoki qaytarib olinganda foiz stavkasi 25% etib belgilanadi.


Hujjatlar
Shartnoma

Shartnoma

Yuklab olish
DOWNLOAD
Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan (mikro yoki kichik biznes).

  • Faoliyat muddati — kamida 1 yil (mahsulot shartlarida nazarda tutilgan istisnolar bundan mustasno).

  • So‘nggi 6 oy davomida hisob raqamida tushumlar mavjud bo‘lishi (kamida 2 oyda tushum bo‘lishi shart).

  • Barcha banklar bo‘yicha amaldagi kreditlar yuzasidan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi.

  • Kredit tarixiga qo‘yiladigan talablar:
    — 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
    — 61 kundan 90 kungacha bo‘lgan muddati o‘tgan qarzdorlik 1 tadan oshmasligi (va so‘nggi 6 oyda mavjud bo‘lmasligi).

  • “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifalarga kiritilgan kreditlar mavjud bo‘lmasligi.

  • 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.

  • Qarz oluvchi, uning ta’sischilari va o‘zaro aloqador shaxslar bo‘yicha Majburiy ijro byurosi (MIB) tomonidan ochilgan ijro ishlari mavjud bo‘lmasligi.

  • KATM ma’lumotlariga ko‘ra reyting — kamida 200 ball.

  • Kredit yuklamasi — 100%dan oshmasligi.

  • Bank tizimida mavjud kreditlar bo‘yicha restrukturizatsiya yoki muddat uzaytirish holatlari mavjud bo‘lmasligi.

  • Moliyaviy ko‘rsatkichlar ijobiy bo‘lishi (yuridik shaxslar uchun).

  • Oldin olingan kreditlar bo‘yicha mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi.


  • Zarur hujjatlar
  • Kredit olish uchun ariza.

  • Ta’sischilarning kredit olishga roziligi (yuridik shaxslar uchun — zarur hollarda).

  • So‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari: buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (zarur hollarda — choraklik hisobotlar).

  • Oldi-sotdi shartnomasi yoki import shartnomasi (spetsifikatsiyasi bilan), bunda xarid qilinayotgan asosiy vositalar, uskunalar yoki boshqa aktivlarning texnik xususiyatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

  • Faoliyat amalga oshiriladigan joyni tasdiqlovchi hujjatlar (kadastr hujjatlari, ijara shartnomasi, e-auksion hujjatlari, hokim qarori va boshqalar — zarur hollarda).

  • 100/150 mln so‘mdan ortiq loyihalar uchun: boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanmasi to‘g‘risida ma’lumot hamda debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi.

  • Ta’minot bo‘yicha hujjatlar (zarur hollarda): garov mulki bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti, garov va/yoki kafillik taqdim etishga rozilik, shuningdek kafilga oid hujjatlar.

  • Bank loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.


  • SQB BUSINESS
    SQB BUSINESS

    Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

    Batafsil
    Depozitlar
    Depozitlar

    Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

    Batafsil
    Transchegaraviy oʻtkazmalar
    Transchegaraviy oʻtkazmalar

    Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

    Batafsil
    Korporativ kartalar
    Korporativ kartalar

    Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

    Batafsil
    Ish haqi loyihasi
    Ish haqi loyihasi

    Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

    Batafsil
    Savdo ekvayringi
    Savdo ekvayringi

    Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

    Batafsil
    Biznes kreditlari
    Biznes kreditlari

    Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

    Batafsil

    Oxirgi yangilanish sanasi: 13.04.2026 12:34
    up
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    logo