Equity Anderrayting


Aksiyadorlik jamiyatlari va O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan MChJlar uchun investitsiya xizmati — kapital bozorida aksiyalarni joylashtirish bo‘yicha to‘liq hamrohlik.

  • Tavsif
  • Xizmatni olish shartlari
  • Afzalliklari
  • Qanday foydalaniladi

Equity Anderrayting — bu kompaniyalarning IPO, SPO yoki boshqa joylashtirish shakllari orqali fond bozoriga chiqishini ta’minlovchi kompleks xizmatdir.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB anderrayter sifatida mijozni quyidagi bosqichlarda to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi: emissiya hujjatlarini tayyorlash, due diligence, listing va post-IPO bosqichlari.


Amalga oshirish bosqichlari:

Tayyorgarlik va audit: 1–3 oy
Moliyaviy modelni ishlab chiqish
Aksiyalarni joylashtirish: 2–6 hafta
Post-IPO hamrohlik: 6 oygacha

Shartlar va hisob-kitoblar:

Xizmat kimlar uchun: O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan Aksiyadorlik jamiyatlari va MChJlar
Valyuta: so‘m / USD
To‘lov: naqdsiz hisob-kitob
Komissiya: qat’iy summa + emissiya hajmidan 0,1–5%

  1. Kompaniyaning Aksiyadorlik jamiyati yoki MChJ shaklida davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi
  2. Bank bilan maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuv (NDA)ni imzolash
  3. Yuridik, moliyaviy va PR-konsultantlarni tayinlash
  4. Moliyaviy hisobotlar, ustav, litsenziyalarni taqdim etish
  5. Due diligence jarayonida ishtirok etish va moliyaviy modelni tasdiqlash
  6. Joylashtirish parametrlari: miqdor va narxni kelishish
  7. Emissiyani ro‘yxatdan o‘tkazish va birjada listing qilish
  8. Hisob raqamini ochish va anderrayting shartnomasini imzolash
  • Kapital jalb qilish:
    IPO orqali kompaniyalar qarz yuki ortmasdan uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilish imkoniga ega bo‘ladi, bu esa barqaror o‘sish va kengayish uchun zamin yaratadi.
  • To‘liq qo‘llab-quvvatlash:
    Bank mijozni butun jarayon davomida kuzatib boradi — due diligence bosqichidan tortib, hujjatlarni tayyorlash va aksiyalarni joylashtirishgacha.
  • Shaffoflik:
    Jarayonlar barcha tartibga soluvchi talablar va xalqaro hisobot standartlariga (IFRS, BХMS) muvofiq amalga oshiriladi.
  • Marketing va PR-hamrohlik:
    Bank tomonidan reklama materiallarini tayyorlash, Road show tashkil etish, bukbilding va investorlar bilan aloqalarni o‘rnatishga ko‘mak beriladi.
  • Ekspertlar jamoasi:
    Mijoz fond bozori, korporativ moliya va huquqiy me’yorlar sohasida chuqur bilimga ega bo‘lgan bank mutaxassislari va tashqi konsultantlar xizmatidan foydalanadi.
  • Ishonchlilik:
    Yirik tijorat banki tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar investorlar nazarida kompaniya nufuzini oshiradi va bozordagi ishonchni mustahkamlaydi.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Investitsion bank xizmatlari departamentiga murojaat qilishingiz kerak.

imgBirinchi uchrashuvdan o‘ting va NDA imzolang
imgKerakli hujjatlarni tayyorlang va bank bilan shartnoma tuzing
business
Yangi internet-banking
SQB BUSINESS

Hisoblarni boshqarishda soddalik, tezlik, qulaylik va ishonchlilik. Internet-bankingdan foydalanish va o‘rnatish – bepul.


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2025 09:15  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo