Pul o'tkazmalari

Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan.
Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.
  • Pul miqdori:
  • Qabul qiluvchi davlat:
  • 0
  • -
XizmatKomissiyaUmumiy miqdor

Avval xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali xorijga pul yuborish faqatgina naqd pul ko‘rinishidagi xorijiy valyuta mablag‘lari taqdim qilingan taqdirdagina amalga oshirilar edi. Bu holat mijozlar uchun muayyan qiyinchiliklarni tug‘dirgan.

Mijozlarning istak va takliflari hamda bugungi kun talablarini inobatga olgan holda O‘zsanoatqurilishbank tizimida xalqaro pul o‘tkazmalari tizimidan foydalanish qoidalari yanada soddalashtirildi va qo‘shimcha qulayliklar yaratildi.

Ayni vaqtda xalqaro pul o‘tkazmalari tizimida maksimal darajada qulay sharoitlar yaratildi, jumladan, naqd va naqdsiz pul mablag‘larini omonat hisob raqami yoki plastik kartochkaga tushirish orqali hech qanday to‘siqlarsiz olish va jo‘natish imkoniyati joriy etildi.

Bank «Western Union», «Blizko», «Aziya Ekspress» va «Zolotaya Korona» tizimlarining ishtirokchisi hisoblanadi va shu tufayli mijozlariga o‘z yaqinlari va do‘stlariga pulni tez va arzon yuborish imkoniyatini taqdim etadi.


SWIFT tizimi orqali xalqaro pul o'tkazmalari - tez va qulaydir. Dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlaridagi jismoniy va yuridik shaxslarga pul o'tkazmalarini jo'nating!

Ishonchli va juda qulay SWIFT-o'tkazmalar tizimi quyidagilarni to'lashda beqiyos hisoblanadi:
  • tibbiy ko'rik

  • ta'lim

  • mehmonxona xizmatlari

  • tovarlar

  • konsullik yig'imlari

  • sayyohlik yo'llanmalari

  • va boshqa ko'plab vazifalar


Pul o'tkazishingiz eng qisqa vaqt ichida va dunyoning istalgan nuqtasida qabul qilinadi.

SWIFT pul o'tkazmalarining afzalliklari - bu boshqa xalqaro pul o'tkazmalariga nisbatan kafolatlar, xavfsizlik, katta miqdordagi pul o'tkazish imkoniyatidir:
  • pul o'tkazmasi miqdoriga ko'ra cheklovlarsiz (ma'lum bir davlat qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);

  • istalgan valyutada pul yuborish va olish;

  • istalgan bankning filiali bo'lgan joyda foydalanish mumkin.


Pul o'tkazmasini amalga oshirayotganda, tranzaktsiyada ishtirok etadigan vositachi banklarning rekvizitlarini to'g'ri ko'rsatish muhimdir:
  • pulni olish rejalashtirilgan bankning SWIFT kodi;

  • pulni oluvchining to'liq ism-sharifi (jismoniy shaxs) yoki yuridik shaxsning to'liq nomi;

  • 16 raqamli qabul qiluvchining hisob raqami (IBAN formati);

  • pul olinadigan bank filialining nomi;

  • vositachilik bank muassasalarining rekvizitlari.


SWIFT tizimidan foydalangan holda pul o'tkazmasini amalga oshirish muddati 1 kundan 3 kungacha.

Jismoniy shaxslar uchun SWIFT tizimi orqali operatsiyalarni amalga oshirish shartlari:

Respublika tashqarisiga SWIFT tizimi orqali pul mablag‘larini o‘tkazish:

Mijozning arizasiga asosan talab qilib olinuvchi hisobvaraqdan, depozit hisobvaraqlardan va bank kartalaridan. Komissiya: o‘tkazma summasining 0,25% (minimum 450 000 so‘m).

To‘lov topshirig‘iga o‘zgartirish kiritish yoki mijoz arizasiga asosan pul mablag‘larini qaytarish:

Komissiya: o‘tkazma summasining 0,25% (minimum 450 000 so‘m).

SWIFT operatsiyalari uchun komissiya:

Komissiya faqat OUR turida (barcha xarajatlar yuboruvchi hisobidan) undiriladi.

SWIFT orqali kelib tushgan mablag‘larni naqdlashtirish:

Komissiya: summaning 0 %.

SWIFT orqali kelib tushgan mablag‘larni hisobvaraqqa kiritish:

Jismoniy shaxslarning depozit hisobvarag‘iga yoki xalqaro plastik kartaga kiritish — bepul.

  • Naqd chet el valyutasini topshirish orqali
  • Naqdsiz ko‘rinishdagi chet el valyutasida, ya’ni mijoz nomiga ochilgan chet el valyuta omonat hisob raqamidan yoki uning nomiga ochilgan chet el valyutadagi xalqaro plastik kartasidan mablag‘lar yechib olinib jo‘natish
  • Naqd milliy valyutasida (konvertatsiya)
  • Mijoz nomiga ochilgan milliy valyuta omonat hisob raqamidan yoki uning nomiga ochilgan milliy valyutadagi plastik kartasidan (konvertatsiya)

  • Naqd chet el valyutasida
  • Naqdsiz ko‘rinishdagi chet el valyutasida, ya’ni mijoz nomiga ochilgan chet el valyuta omonat hisob raqamiga yoki uning nomiga ochilgan chet el valyutadagi xalqaro plastik kartasiga o‘tkazib berilishi
  • Naqd milliy valyutasida
  • Naqdsiz ko‘rinishdagi milliy valyutada, ya’ni mijoz nomiga ochilgan milliy valyuta omonat hisob raqamiga yoki uning nomiga ochilgan milliy valyutadagi plastik kartasiga o‘tkazib beriladi

Manzil: 100000, Toshkent shaxar Shaxrisabz koʻcha, 3

Telefon: +998 (78) 120 45 01

Faks: +998 (71) 233 34 26

H/raqam: 16103000200000440001 OʻzR RUz MB da, Toshkent shahri

H/raqam: 29896000200000440104

MFO: 00440

STIR: 200833707

OKONX: 96120

OKPO: 09729027

Скрыть
ATB “Oʻzsanoatqurilishbank”da emitatsiya qilingan xalqaro plastik kartalarni toʻldirishni istayotgan mijozlar uchun rekvizitlar
Vositachi bank rekvizitlari Jp Morgan Chase Bank New York, Usa Swift: CHASUS33
Vositachi bankdagi raqam 400-000261
Qabul qiluvchi bank rekvizitlar JSCB ”Uzpromstroybank” Address: 3, Shakhrisabz Street, Tashkent, 100000, Uzbekistan. SWIFT: UJSIUZ22
Qabul qiluvchining nomi va manzili ma’lumotlari Karta egasining
Toʻlov maqsadi Toʻlov maqsadi ingiliz tilida yoziladi



Izoh: Xalqaro, xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlaridan olingan begʻaraz va texnik yordamning moliyaviy vositalari, grantlari TIF “Oʻzbekiston Milliy Banki” OAJ va “Asakabank” OAJ orqali qabul qilinadi.


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.09.2024 11:45  
up