Kuz-qiş mavsumida xonadonlarni issiq saqlaş, elektr energiyasi ta’minotida uzilişlarning oldini oliş va mavjud resurslardan oqilona foydalanış har qaçongidan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu vazifalarni hal etişda faqat energiya işlab çiqariş hajmini oşiriş emas, balki uni tejaş, samarali taqsimlaş va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etiş muhim örin tutadi.
Joriy yilning 5-noyabr kuni Özsanoatqurilişbank tomonidan ötkazilgan brifingda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida bank moliyalaştirayotgan loyihalar va ularning amaliy ahamiyati xususida axborot berildi.
– 2026-yil 1-oktabr holatiga köra, bankning «yaşil» kredit portfeli 730 mln AQŞ dollaridan oşgan, – deydi «Özsanoatqurilişbank» ATB Boşqaruv raisi örinbosari Abduraşid Hakimov. – Bu umumiy kredit portfelining qariyb 15 foizini taşkil etadi. Uşbu körsatkiç ortida quyoş energetikasi, energiya tejamkor quriliş materiallari va infratuzilmani rivojlantirişga qaratilgan loyihalar örin olgan.
Quyoş energiyasi – yangi imkoniyatlar manbai
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanışni kengaytiriş bank moliyalaştirayotgan muhim yönalişlardan biridir.
Xususan, jismoniy şaxslarga quyoş panellarini örnatiş uçun 50,5 milliard söm kredit ajratilgan. Uşbu mablağlar hisobidan 1 781 nafar fuqaro umumiy quvvati 10,9 MVt bölgan quyoş qurilmalarini xarid qiliş imkoniyatiga ega bölgan.
Tadbirkorlik subyektlariga esa 30,4 MVt quvvatdagi quyoş panellarini örnatiş uçun 241,1 milliard söm moliyalaştiriş taqdim etilgan. Bu imkoniyatdan 78 ta yuridik şaxs foydalangan.
Mazkur taşabbuslar xonadonlar va korxonalarning elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini qisman mustaqil qoplaş, an’anaviy tarmoqlarga tuşadigan yuklamani yengillaştiriş imkonini beradi.
Yirik sanoat korxonalaridagi loyihalar bu jarayonning yana bir muhim böğinidir. Jumladan, «Özbekneftgaz» AJda 22,4 MVt, «Navoiyazot» AJda esa 2 MVt quvvatdagi quyoş qurilmalarini barpo etiş uçun kredit ajratilgan.
Şuningdek, binolarda issiqlikni saqlaş, ayniqsa, sovuq mavsumda ortiqça energiya sarfining oldini olişda katta ahamiyatga ega. Şu nuqtayi nazardan, bank tomonidan bazalt asosidagi issiqlik izolyatsiyasi materiallarini işlab çiqaruvçi «Qoraqalpoq basaltwool», «Basfiber trade» va «Ecobasalt group» korxonalariga jami 100 mln dollardan ortiq kredit ajratilgan.
Mazkur materiallar devor va tomlar orqali issiqlikning taşqi muhitga çiqib ketişini çeklaşga yordam beradi. Natijada binolarda mötadil haroratni saqlaş, isitiş uçun sarflanadigan energiyani tejaş imkoniyatlari kengayadi.
Qayta tiklanadigan manbalardan elektr işlab çiqariş qanşalik muhim bölsa, uni iste’molçilarga barqaror yetkazib beriş şunçalik ahamiyatli. Şu maqsadda «Milliy elektr tarmoqlari» AJga Qoraköl va Nurobod podstansiyalarini boğlovçi elektr uzatiş tarmoği loyihasi uçun kredit ajratilgan.
Uşbu infratuzilma qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan elektr energiyasini umumiy tarmoqqa uzatiş imkoniyatlarini kengaytirişda muhim örin tutadi.
Bank faoliyatida energiya tejamkorlik
Brifingda bankning mijozlar loyihalarini moliyalaştiriş bilan bir qatorda, öz binolarida resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etiş borasidagi işlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, energiya va suvdan oqilona foydalanış, binolarning resurs samaradorligini oşiriş böyiça amalga oşirilgan işlar natijasida bankning 39 ta binosi xalqaro EDGE sertifikatiga ega bölgan.
Bundan taşqari, bank obyektlariga umumiy quvvati 1,7 MVt bölgan quyoş panellari örnatilgan. Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, ular 2026-yil davomida 1 116 MVt·soat elektr energiyasi işlab çiqargan.
Bu natijalar energiya tejamkorlik bank uçun faqat moliyalaştiriş yönalişi emas, balki kundalik faoliyatiga tatbiq etilayotgan amaliy tamoyil ekanini körsatadi.
– Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik, avvalo, sovuq kunlarda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining energiyaga bölgan ehtiyojini barqaror ta’minlaşni nazarda tutadi, – deydi Abduraşid Hakimov. – Biroq buning uçun joriy mavsum çoralari bilan çeklanib qolmasdan, uzoq muddatli yeçimlarni izçil rivojlantiriş zarur. Issiqlikni saqlaşga yordam beradigan quriliş materiallari, quyoş energetikasi, elektr uzatiş tarmoqlari, zamonaviy jamoat transporti va resurs tejamkor binolar – bularning barçasi energiyadan oqilona foydalanışga xizmat qiluvçi özaro boğliq yönalişlardir. Şu bois Özsanoatqurilişbank tomonidan energiyani işlab çiqariş va tejaşdan tortib, uni iste’molçilarga yetkazib berişgaça bölgan jarayonlarni qamrab oluvçi loyihalarni moliyalaştiriş izçil davom ettiriladi.Ijtimoiy tarmoqlarda «Özsanoatqurilişbank» ATB tomonidan ötkazilgan xarid jarayoni ...
Aktivlar 104 trillion so‘mga yetdi, depozitlar 2,7 baravarga o‘sdi, biroq foyda dinamikasida tebranishlar bor. Mo ...
Ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş, ularning biznes yuritiş böyiça bilim va könikmalarini mustahkamlaş iqtisod ...
