Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring
Sizga yaqin bo'lgan bank o'fisiga kerakli hujjatlarni topshiring
Bank bilan kredit shartnomasini tuzish orqali to'lovni oling
*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.
Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.
Zarur hollarda Bank qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.
Kredit O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga murojaat sanasida 18 yoshdan 60 yoshgacha (60 yosh ham kiradi), kreditni so‘ndirish uchun yetarli tasdiqlangan daromadga ega bo‘lgan shaxslarga ajratiladi.
SMS
2500 raqamiga SMS yuborish orqali
Bank ofisida
Bankning istalgan ofisida
Kredit maqsadi:
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish va/yoki rekonstruksiya qilish, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani ta’mirlash.
Yillik foiz stavkasi:
22% — qisqaroq kredit muddati uchun;
23% — uzoqroq kredit muddati uchun.
Rasmiy daromadga ega qarz oluvchilar uchun foiz stavkasi 1 foiz punktga kamaytirilishi mumkin.
Maksimal kredit summasi:
Qurilish va rekonstruksiya uchun:
— Toshkent shahrida 600 million so‘mgacha;
— boshqa hududlarda 300 million so‘mgacha.
Uy-joyni ta’mirlash uchun:
— Toshkent shahrida 300 million so‘mgacha;
— boshqa hududlarda 200 million so‘mgacha.
Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida SLA kelishuvi mavjud bo‘lsa, ta’mirlash uchun 500 million so‘mgacha kredit ajratilishi mumkin.
Kredit muddati:
Qurilish va rekonstruksiya uchun:
— 22% stavkada 10 yilgacha;
— 23% stavkada 15 yilgacha.
Uy-joyni ta’mirlash uchun:
— 22% stavkada 7 yilgacha;
— 23% stavkada 10 yilgacha.
Boshlang‘ich badal:
Qurilish va rekonstruksiya uchun — loyiha-smeta qiymatining kamida 20% miqdorida.
Uy-joyni ta’mirlash uchun — talab etilmaydi.
To‘lov jadvali:
Annuitet yoki differensial usulda.
Imtiyozli davr:
Differensial to‘lov jadvalida 6 oygacha.
Kredit ajratish usuli:
Kredit mablag‘lari naqd pulsiz shaklda quyidagilarga o‘tkaziladi:
Kredit mablag‘lari bajarilgan ishlar hajmiga muvofiq bosqichma-bosqich ajratilishi mumkin.
Kredit ta’minoti:
Kredit hisobiga qurilishi, rekonstruksiya qilinishi yoki ta’mirlanishi rejalashtirilgan uy-joy yoxud boshqa maqbul mol-mulk garovi.
Ta’minot qiymati kredit summasining kamida 125% ini tashkil etishi lozim (LTV — 80% dan oshmasligi kerak).
Qarz oluvchi uchun:
Birgalikda qarz oluvchi uchun:
Zarur hollarda Bank qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilishi mumkin.
