Bilim, tajriba va imkoniyat: ayollar tadbirkorligi yölida


02.11.2026 16:41

Bilim, tajriba va imkoniyat: ayollar tadbirkorligi yölida

Ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş, ularning biznes yuritiş böyiça bilim va könikmalarini mustahkamlaş iqtisodiy faollikni oşirişning muhim omillaridan biridir. Şu maqsadda amalga oşirilayotgan Tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaş dasturi (WESP) doirasida SQB School’da 2026-yil 2–6-noyabr kunlari hududiy trenerlar uçun maxsus öquv treningi taşkil etildi.

WESP dasturi Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kömagida amalga oşirilmoqda. Dastur ayol tadbirkorlarni akseleratsiya, mentorlik va grantlar orqali qöllab-quvvatlaş, ularning biznes salohiyatini rivojlantiriş hamda iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.

“Trenerlar uçun trening” (Training of Trainers – ToT) doirasida 30 nafar hududiy trener iştirok etdi. Beş kunlik öquv maşğulotlari davomida qatnaşçilar özaro tajriba almaşdi, faoliyatida qöllayotgan yondaşuvlarini muhokama qildi hamda ayol tadbirkorlarga samarali kömak körsatiş böyiça bilim va könikmalarini mustahkamladi.

Trening dasturidan monitoring va baholaş, amaliy maşğulotlar, öquv jarayonlarini taşkil etiş hamda özaro fikr-mulohaza almaşişga qaratilgan sessiyalar örin oldi. Şuningdek, trenerlar uçun dastur imkoniyatlarini hududlarda keng tarğib qiliş, yangi iştirokçilarni jalb etiş va ularning dasturdagi iştirokini samarali taşkil etiş masalalari körib çiqildi. Maşğulotlar yakunida iştirokçilar har bir hududning öziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda axborot tarqatiş va yangi tadbirkor ayollarni dasturga jalb qiliş böyiça amaliy rejalar işlab çiqdi.

SQB tomonidan bunday taşabbuslarning qöllab-quvvatlanişi, ayniqsa, hududlar va qişloq joylarida faoliyat yuritayotgan ayol tadbirkorlarning biznesga oid bilim va amaliy könikmalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi. Trenerlar salohiyatining oşirilişi esa dastur imkoniyatlarini kengroq auditoriyaga yetkaziş, ayol tadbirkorlarni öqitiş va ularga amaliy kömak körsatiş samaradorligini oşiriş uçun zamin yaratadi.

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirişga qaratilgan uşbu sa’y-harakatlar yangi iş örinlarini yaratiş, mahalliy iqtisodiy faollikni oşiriş va inklyuziv iqtisodiy ösişni ta’minlaşga xizmat qiladi. Bu orqali SQB gender tengligi, sifatli ta’lim, munosib mehnat va barqaror iqtisodiy ösiş kabi BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişga ham öz hissasini qöşmoqda.

 

 





Boshqa yangiliklar

11/02/2026 06:23:27 pm
“SQB School”da sun’iy intellekt va ma’lumotlarni boşqariş bõyiça trening õtkazildi

Joriy yil 30-oktabr kuni Õzsanoatqurilişbankning “SQB School” korporativ ta’lim markazida bank xodimlari uçun “Mol ...

10/30/2026 05:30:50 pm
SQBda korrupsiyaning oldini oliş va oçiqlikni taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda

Özsanoatqurilişbankda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida korrupsiyaviy xavflarni ...

10/29/2026 09:33:53 am
Tadbirkorlar bilan uçraşuvlar davom etmoqda

“Özsanoatqurilişbank” ATB Boşqaruvi taşabbusibilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida tadbirkorlar iştirokida oçiq ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 03.11.2026 14:50  
up