Ma'naviy yuksalish

Xodimimizni dunyoning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan birida tahsil olish sharafiga ega bo‘lgani bilan tabriklaymiz!


13.04.2022

Xodimimizni dunyoning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan birida tahsil olish sharafiga ega bo‘lgani bilan tabriklaymiz!

2022 yil 12 aprel' SQB jamoacining yosh va shijoatli dasturchilaridan biri – Saydamatova Latofatxon uchun unutilmas kun bo‘ldi. Chunki aynan shu kuni qahramonimiz grant asosida Germaniyaning "Technical University of Kaiserslautern" Universiteti Magistratura ta'lim dasturining "Sun'iy Intellekt" yo‘nalishida talabalikka qabul qilindi.

Latofatxon bundan 3 yil avval Toshkent shahridagi Inxa universitetidagi talabalik davrida Bankning Axborot texnologiyalari departamentiga dasturchi lavozimiga ishga qabul qilingan. 

Biz xodimimiz bilan faxrlangan holda uni ana shunday yutuq bilan yana bir bor tabriklaymiz! 

Latofatxon, hayotingizdagi yangi qadam Sizga katta muvaffaqiyat va quvonch keltirsin! Yangi bilimlar keng imkoniyatlarga yo‘l ochsin!

SQB o‘z xodimlarini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi hamda ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.





Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 07.05.2022 10:19  
Pulingizni JOYDA mobil ilovasi orqali oʻtkazing!

Boshqa banklarning HUMO va UZCARD kartalariga pul oʻtkazmalari uchun atigi 0,35% komissiya

SQB kartalari orasida - 0%!

playmarketappstore
up