“Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” – Termizda
24.11.2025 16:33
Markaziy bank tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti – 2025” tanlovining navbatdagi, III hududiy bosqichi Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazildi
Tadbir O‘zsanoatqurilishbank tashkilotchiligida o‘tdi.
Tanlov mahallalarda bank xizmatlarini ommalashtirish va yordamchi agentlar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida respublika bo‘ylab avgust-dekabr oylarida o‘tkazilmoqda.
Termizdagi bosqichda 15 nafar ishtirokchi o‘z amaliy loyihalari va erishgan natijalarini taqdimot shaklida namoyish etdilar.
Tanlov yakunlariga ko’ra, 3 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Ulardan biri SQB yordamchi agenti.
O‘zsanoatqurilishbank yordamchi agentlar institutini rivojlantirish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib bormoqda.

168
Boshqa yangiliklar