Rasmiy munosabat


25.09.2025 09:50

Rasmiy munosabat

Joriy yil 24-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank’ning Toshkent shahridagi “Rakat” xizmat ko‘rsatish markazida mijozning plastik kartasini yopish jarayoni uzoq vaqt davom etgani haqida murojaat e’lon qilindi.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilar bayon etiladi:

Plastik kartalarni yopish va qoldiq mablag‘ni qaytarish jarayoni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu jarayon mijoz mablag‘larining xavfsizligini ta’minlash hamda huquqiy asoslarni to‘liq saqlash maqsadida yozma ariza qabul qilish va zarur rasmiylashtirish ishlarini o‘z ichiga oladi.

Murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, mijozning kartasi yopildi va masala ijobiy hal etildi. Mijoz ham xizmat natijalaridan mamnunligini bildirgan.

Shu bilan birga, mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida bankning “SQB Mobile” mobil ilovasida kartani masofadan turib yopish imkoniyati ham mavjudligi ma’lum qilinadi.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB
Tashqi aloqalarni muvofiqlashtirish
xizmati




Boshqa yangiliklar

11/03/2026 09:45:54 am
Bilim, tajriba va imkoniyat: ayollar tadbirkorligi yölida

Ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş, ularning biznes yuritiş böyiça bilim va könikmalarini mustahkamlaş iqtisod ...

11/02/2026 06:23:27 pm
“SQB School”da sun’iy intellekt va ma’lumotlarni boşqariş bõyiça trening õtkazildi

Joriy yil 30-oktabr kuni Õzsanoatqurilişbankning “SQB School” korporativ ta’lim markazida bank xodimlari uçun “Mol ...

10/30/2026 05:30:50 pm
SQBda korrupsiyaning oldini oliş va oçiqlikni taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda

Özsanoatqurilişbankda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida korrupsiyaviy xavflarni ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 25.09.2025 16:14  
up