Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank “Komplayens nazorati tizimini samarali joriy etgan tashkilot” deb topildi


03.11.2023

 Oʻzsanoatqurilishbank “Komplayens nazorati tizimini samarali joriy etgan tashkilot” deb topildi

Poytaxtimizda III Toshkent Aksilkorrupsiya forumi boʻlib oʻtdi. Forum doirasida Oʻzsanoatqurilishbank “Komplayens nazorati tizimini samarali joriy etgan tashkilot” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topildi.

Forum Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi hamda “Taraqqiyot dasturi”, AQShning Giyohvand moddalarni nazorat qilish va huquqni muhofaza qilish byurosi, Xalqaro hamkorlik boʻyicha Germaniya jamiyati kabi xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Unda oʻndan ziyod davlatlarning sohaga aloqador vakillari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻzaro tajriba almashildi, sohaning huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish, Oʻzbekistonning bu boradagi islohotlariga koʻmaklashish, shu bilan birga, xalqaro hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirishga kelishildi.

Forum doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan tashkilot va faol shaxslar 5 ta nominatsiyada taqdirlandi. Jumladan, tijorat banklari orasida faqatgina Oʻzsanoatqurilishbankning bu yoʻnalishdagi ishlari yuqori baholanib, “Komplayens nazorati tizimini samarali joriy etgan tashkilot” deya eʼtirof etildi.

– Soʻnggi yillarda dunyo hamjamiyati diqqati korrupsiya oqibatlariga emas, balki uning oldini olishga qaratilgan, jumladan, mamlakatimizda ham bu borada katta kuch safarbar etilmoqda, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shuhrat Yakubov. – Xususan, bankimiz tizimida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish boʻyicha sezilarli natijalar qoʻlga kiritildi. 2022-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining samaradorligi boʻyicha taqdim etilgan ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik joriy yilda qayta tasdiqlandi. Bundan tashqari, Prezidentimizning 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablarini bajarib, ushbu yoʻnalishdagi faoliyati “yaxshi” deya baholangan tashkilotlar qatoridan oʻrin oldik.

https://youtube.com/shorts/c841jh2KVkA?si=RT6zR4d61VVzkmp7

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

02/22/2024 05:31:29 pm
Oʼzsanoatqurilishbank Аxborot xizmati bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBga tegishli bankomatlarda naqd pul yechilganda komissiyalar miqdori oshi ...

02/19/2024 06:23:34 pm
Prezident "Ibrat farzandlari" loyihasini eʼtirof etdi

Xorijiy tillarni oʼrgatishga qaratilgan, qisqa muddatda oʼz platformalarida 800 mingdan ortiq yoshlarni oʼzida birlashti ...

02/19/2024 06:12:55 pm
O’zsanoatqurilishbank mijozga yo’naltirilganlik bo’yicha yetakchi bank deb topildi

Poytaxtimiz “Tashkent digital matketing forum 2024” tadbiriga mezbonlik qildi. Biznes, reklama va marketingchilarini o’z ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 13.11.2023 16:36  
up