SQB kõmagida ayollar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş bõyiça hududiy trenerlar malakasi oşirildi


19.11.2026 10:27

“SQB School”da ayollar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş dasturi (WESP) doirasida 30 nafar hududiy trener iştirokida beş kunlik õquv-trening õtkazildi. Tadbir “HAMROH” xotin-qizlar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş kompaniyasi va BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan Õzsanoatqurilişbank kõmagida taşkil etildi.

Treningdan kõzlangan asosiy maqsad hududlarda tadbirkor ayollar bilan işlaydigan mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oşiriş, zamonaviy õqitiş usullarini õzlaştiriş va tõplangan tajribani amaliyotga tatbiq etişdan iborat.

DSC01342.JPG

Bilim hududlarga yetib borişi uçun

Õzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kõmagida amalga oşirilayotgan WESP dasturi “HAMROH” kompaniyasi taşabbusi bilan BMTTD iştirokida hayotga tatbiq etilmoqda. Dastur xotin-qizlarga akseleratsiya, mentorlik va grantlar orqali õz biznesini yo‘lga qõyiş hamda rivojlantirişda yordam berişni nazarda tutadi.

Uşbu imkoniyatlarning hududlardagi tadbirkor ayollarga yetib borişida trenerlarning õrni alohida. Ular biznes yuritişga oid bilimlarni yetkaziş bilan birga, dasturda iştirok etiş şartlari va mavjud kõmak mexanizmlarini tuşuntiradi.

Beş kunlik õquv davomida iştirokçilar WESP akseleratsiya dasturidagi yangiliklar, qatnaşiş mezonlari va ariza topşiriş tartibi bilan tanişdi. Yangi õquv modullari, maşğulotlarni samarali õtkaziş usullari, ta’lim materiallarini mahalliy şaroitlarga moslaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Amaliy sessiyalarda tadbirkor ayollarning real biznes tajribalariga asoslangan vaziyatlar tahlil qilindi. Trenerlar õzaro fikr almaşib, maşğulotlar natijadorligini baholaş, õquv jarayonini monitoring qiliş hamda yangi iştirokçilarni jalb etiş bõyiça yondaşuvlarni kõrib çiqdi. Şuningdek, hududlarda WESP imkoniyatlari haqida axborot beriş va tadbirkor ayollarni dasturga jalb qilişga doir rejalar işlab çiqildi.

Treningda biznes yuritişning kundalik amaliyotiga daxldor masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

– İştirokçilarga mahsulot tannarxini hisoblaş, narxni şakllantiriş va foydani aniql aş, bozorni õrganiş, marketing va reklama, şuningdek, onlayn savdo hamda raqamli imkoniyatlardan foydalaniş bõyiça amaliy kõnikmalar berdik, – deydi xalqaro trener Zulhumor Jabborova. – Bu bilimlar orqali ular çekka hududlardagi tadbirkor ayollarga yanada samarali kõmak kõrsatişi, mahalliy işbilarmonlik muhitining rivojlanişiga hissa qõşadi.

DSC01354.JPG

Hududiy imkoniyatlarni kengaytiriş sari

Trenerlar malakasini oşiriş, avvalo, biznes ta’limidan foydalaniş imkoniyati çeklangan hududlar uçun ahamiyatlidir. Ayniqsa, qişloq joylarda õz işini başlaş yoki mavjud faoliyatini kengaytiriş istagidagi xotin-qizlar uçun amaliy bilim va maslahatlarning mavjudligi muhim õrin tutadi.

– Hududiy trenerlarning tayyorgarligini kuçaytiriş orqali tadbirkor ayollarga zarur bilimlarni ular yaşayotgan joyning õzida yetkaziş imkoniyatlari kengayadi, – deydi WESP loyihasi rahbari Ra’no Ismoilova. – Bu xotin-qizlarning õz biznesini rejalashtiriş, bozor talablariga moslaşiş va faoliyatini rivojlantirişiga yordam beradi. Natijada ayollar boşqarayotgan korxonalar salohiyatini oşiriş, yangi iş õrinlari yaratiş va mahalliy iqtisodiy faollikni rağbatlantiriş uçun qõşimça şaroit yuzaga keladi.

Şu bois hududiy mutaxassislar bilan tizimli işlaş faqat alohida õquvlar sifatini yaxşilaş bilangina çeklanmaydi. Bu yondaşuv tadbirkorlikka qiziqiş bildirayotgan xotin-qizlarni dastur imkoniyatlari bilan tanıştiriş, ularning ehtiyojlariga mos bilimlarni yetkaziş va hududlarda õzaro tajriba almaşişni yõlga qõyişga ham xizmat qiladi.

Barqaror rivojlaniş tamoyillari amalda

SQBning mazkur taşabbusdagi iştiroki bankning barqaror rivojlaniş tamoyillarini amalda aks ettiradi. Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oşiriş, sifatli biznes ta’limidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va hududlar õrtasidagi tafovutlarni kamaytirişga kõmaklaşiş inklyuziv iqtisodiy õsişning muhim yõnalişlaridandir.

– Barqaror rivojlaniş nafaqat iqtisodiy kõrsatkiçlar, balki jamiyatning turli qatlamlari uçun teng imkoniyatlar yaratiş bilan ham boğliq, – deydi “Õzsanoatqurilişbank” ATB “Sustainable Finance” departamenti direktori Bobur Sultonmurodov. – Ayollarning biznes ta’limi va tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanişini kengaytiriş ularning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlaş, munosib bandlikni rağbatlantiriş hamda hududlarda işbilarmonlik faolligini oşirişga xizmat qiladi. Bunday taşabbuslar BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlari, jumladan, sifatli ta’lim, gender tengligi, kambag‘allik va tengsizlikni kamaytiriş hamda inklyuziv iqtisodiy õsişga erişişga hissa qõşadi.

Mazkur yondaşuvda ta’lim va tadbirkorlik õzaro boğliq ikki muhim omil sifatida namoyon bõladi. Bilim va amaliy kõnikmalarga ega ayollarning biznes faoliyatini rivojlantiriş imkoniyatlari ortadi. Bu esa nafaqat ularning shaxsiy iqtisodiy farovonligi, balki mahalliy hamjamiyatlar taraqqiyoti uçun ham ahamiyatlidir.





Boshqa yangiliklar

11/18/2026 02:57:55 pm
Kuz-qiş mavsumida yonğin xavfsizligi: muhim tavsiyalar

Kuz-qiş mavsumida elektr va isitiş moslamalaridan foydalanış ortişi yonğin xavfini kuçaytiradi. Elektr jihozlarin ...

11/18/2026 12:16:01 pm
Ikki karra A*: SQB tadqiqotlari sun’iy intellekt bõyiça yetakçi xalqaro konferensiyalarda taqdim etildi

Õzsanoatqurilişbank xalqaro tadqiqotçilar jamoasi tarkibida nufuzli “IEEE ICDM 2026” xalqaro konferens ...

11/17/2026 06:17:20 pm
SQBda III çorak yakunlari sarhisob qilindi: ilğor xodimlar va eng yaxşi bank tarmoği taqdirlandi

Özsanoatqurilişbankda 2026-yilning III çoragi yakunlariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Tadbirda hisobot davrid ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 19.11.2026 10:30  
up