SQB Qo‘qon bank xizmatlari markazi “Sotuv eksperti” lavozimiga ishga taklif qiladi!
27.10.2026 11:50
Asosiy vazifalar:
- Bank mahsulotlari va xizmatlarini mijozlarga taklif qilish;
- Yangi mijozlarni jalb etish va mavjud mijozlar bilan samarali ishlash;
- Mijozlar ehtiyojini aniqlash va ularga mos bank xizmatlarini tavsiya etish;
- Belgilangan sotuv rejalari va ko‘rsatkichlarini bajarish;
- Mijozlar bilan uzoq muddatli va ishonchli munosabatlarni shakllantirish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot;
- Muloqot madaniyati va ishontirish qobiliyatiga ega bo‘lish;
- Faollik, tashabbuskorlik va mas’uliyatlilik;
- Jamoada ishlash hamda natijaga yo‘naltirilganlik;
- Bank sohasidagi tajriba va sotuv ko‘nikmalariga ega bo‘lish ustunlik beradi.
Biz taklif qilamiz:
- Barqaror ish va professional rivojlanish imkoniyati;
- Bilim va tajribani oshirish uchun qulay muhit;
- Natijalarga bog‘liq rag‘batlantirish imkoniyatlari;
- Ahil va professional jamoada ishlash imkoniyati.
Ish joyi: Qo‘qon bank xizmatlari markazi
Rezyumelarni 2026-yil 4-noyabra qadar quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin: hr@sqb.uz
Kelajagingizni biz bilan quring! Jamoamizning bir qismiga aylaning va muvaffaqiyat sari birgalikda qadam tashlang!

62
Boshqa yangiliklar