• Main
  • Press-center
  • SQB Qo‘qon bank xizmatlari markazi “Sotuv eksperti” lavozimiga ishga taklif qila

SQB Qo‘qon bank xizmatlari markazi “Sotuv eksperti” lavozimiga ishga taklif qiladi!


27.10.2026 11:50

 Asosiy vazifalar:

  • Bank mahsulotlari va xizmatlarini mijozlarga taklif qilish;
  • Yangi mijozlarni jalb etish va mavjud mijozlar bilan samarali ishlash;
  • Mijozlar ehtiyojini aniqlash va ularga mos bank xizmatlarini tavsiya etish;
  • Belgilangan sotuv rejalari va ko‘rsatkichlarini bajarish;
  • Mijozlar bilan uzoq muddatli va ishonchli munosabatlarni shakllantirish.

 Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot;
  • Muloqot madaniyati va ishontirish qobiliyatiga ega bo‘lish;
  • Faollik, tashabbuskorlik va mas’uliyatlilik;
  • Jamoada ishlash hamda natijaga yo‘naltirilganlik;
  • Bank sohasidagi tajriba va sotuv ko‘nikmalariga ega bo‘lish ustunlik beradi.

 Biz taklif qilamiz:

  • Barqaror ish va professional rivojlanish imkoniyati;
  • Bilim va tajribani oshirish uchun qulay muhit;
  • Natijalarga bog‘liq rag‘batlantirish imkoniyatlari;
  • Ahil va professional jamoada ishlash imkoniyati.

 Ish joyi: Qo‘qon bank xizmatlari markazi

Rezyumelarni 2026-yil 4-noyabra qadar quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin: hr@sqb.uz

Kelajagingizni biz bilan quring! Jamoamizning bir qismiga aylaning va muvaffaqiyat sari birgalikda qadam tashlang!






Other news

10/29/2026 06:04:52 pm
SQB mijozlar bilan ishlash bo‘yicha kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: To‘qimachilik bank xizmatlari markazi. Asosiy vazifalar: Mij ...

10/29/2026 11:35:37 am
SQB yuridik mijozlar bilan ishlash bo‘yicha kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: Toshkent shahar bank xizmatlari ofisi. Asosiy vazifalar: Yur ...


Last updated date: 30.10.2026 16:56  
up