SQB mijozlar bilan ishlash bo‘yicha kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi


29.10.2026 13:04

Ish joyi: To‘qimachilik bank xizmatlari markazi.

Asosiy vazifalar:

  • Mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahat berish, savdoni rivojlantirish;

  • Yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlar bazasini kengaytirish va faolligini oshirish;

  • Mijozlar ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos bank yechimlarini taklif etish;

  • Chakana biznes yo‘nalishi bo‘yicha savdo rejalari va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish;

  • Jismoniy shaxslarni kreditlash jarayonini muvofiqlashtirish, kredit hujjatlarini qabul qilish, tekshirish va rasmiylashtirish;

  • Bank kartalarini taklif etish, mijozlarni mobil ilovaga ulash va omonatlarni jalb qilish;

  • Sifatli xizmat ko‘rsatish, mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va Bankning ichki xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish.

Talablar:

  • Oliy ma’lumot;

  • Bank yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ish tajribasi;

  • Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha bilimlar;

  • Savdo, mijozlarni jalb qilish va muzokaralar olib borish ko‘nikmalari;

  • Kompyuter va ofis dasturlaridan ishonchli foydalanish;

  • O‘zbek va rus tillarini bilish;

  • Mas’uliyatlilik, tahliliy fikrlash va natijaga yo‘naltirilganlik.

Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

10/30/2026 02:46:29 pm
SQB Xorazm bank xizmatlari ofisining Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi kichik sotuv menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni izlash, jalb qi ...

10/29/2026 11:35:37 am
SQB yuridik mijozlar bilan ishlash bo‘yicha kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: Toshkent shahar bank xizmatlari ofisi. Asosiy vazifalar: Yur ...

10/29/2026 11:34:45 am
SQB mijozlar bilan ishlash bo‘yicha kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: Rakat bank xizmatlari markazi. Asosiy vazifalar: ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 29.10.2026 18:04  
up