Joriy yilning aprel oyida O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Xodimlar va tashkiliy rivojlantirish hamda Risk departamenti mas’ullari mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida faol qatnashdi.
Maqsad – oliy o‘quv yurtlari bitiruvchi-talabalari bilan yaqindan muloqot o‘rnatib, yuqori salohiyatli yoshlarni ishga jalb qilishdan iborat.
O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent moliya boshqaruvi va texnologiyalari xalqaro universiteti, Toshkent boshqaruv va iqtisodiyot instituti, Yangi O‘zbekiston universiteti huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti hamda Toshkent xalqaro ta’lim universitetlarida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirlar doirasida 50 dan ortiq talabalar haqida ma’lumot (rezyume)lar jamlandi.
E’tiborlisi, ushbu ma’lumotnomalarning qariyb yarmi “Data Science” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga tegishli bo‘lib, ular bankning Risklar bloki qoshidagi yosh iste’dodlarni rivojlantirish Xabiga zaxira kadrlar sifatida qabul qilinish uchun o‘rganib chiqilmoqda.
Qayd etish joiz, bankning bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida ishtirok etishi – bu kadrlar salohiyatini rivojlantirish, brendni pozitsiyalash va soha kelajagiga investitsiya kiritish uchun strategik yondashuvdir.
Bank axborot xizmati
26-fevral kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) boshqaruvi bank tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv ...
SQB bosh ofisida alohida eʼtibor talab etiladigan va ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. Maʼlumk ...
SQB tomonidan mahalla bankirlari va yordamchi-agentlar uchun o‘tkazilayotgan timbildinglar davom etmoqda. ...

