«Global Money Week" doirasida yoshlar moliyaviy bilimlarini rivojlantirish yo'lida
13.05.2025 14:05
Qashqadaryo viloyatidagi 50-umumta'lim maktabida xalqaro "Global Money Week" haftaligi doirasida o'quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida mazmunli va qiziqarli ochiq dars tashkil etildi. Tadbir davomida o'quvchilar pul muomalasi, tejamkorlik, va to'g'ri moliyaviy qarorlar qabul qilish bo'yicha muhim ma'lumotlar oldilar.
Dars jarayonida yoshlarga moliyaviy rejalashtirish asoslari, oqilona xarajatlar va jamg'armalar to'g'risida tushunchalar berildi. O'quvchilar berilgan bilimlarni amaliy mashqlarda qo'llab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Maktab ma'muriyati bunday foydali va amaliy darslar o'quvchilarning kelajakda moliyaviy mustaqillikka erishishlariga muhim poydevor bo'lishini ta'kidladi.
#GlobalMoneyWeek2025
#GMW2025
#ThinkBeforeYouFollow #WiseMoneyTomorrow
#LearnSaveEarn
Bank axborot xizmati

448
Boshqa yangiliklar