O‘zsanoatqurilishbank mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va energiya tejamkor texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini izchil qo‘llab-quvvatlamoqda.
Bank ushbu yo‘nalishni barqaror rivojlanish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab, amaliy loyihalar orqali ekologik va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.
Prezidentimizning 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Bank tashabbusi bilan “Yashil energiya” MChJ tashkil etildi.
Kompaniya ijtimoiy soha obyektlari, davlat muassasalari hamda boshqa tashkilotlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan kichik quvvatli qurilmalarni o‘rnatish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlamoqda.
Bankning loyiha doirasidagi investitsiya ulushi “SQB Capital” MChJ orqali 9,39 foizni tashkil etadi. Natijada 2025-yil yakunlariga ko‘ra, 2 mingdan ortiq obyektlarda quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatildi, ularning umumiy quvvati 131 MVtni tashkil etdi. Og‘ir toifadagi mahallalarda quvvati 180-500 kVt bo‘lgan 300 ta quyosh elektr stansiyasi qurilishi amalga oshirilmoqda. Elektromobillarni quvvatlash stansiyalari infratuzilmasi bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda.
Mazkur loyihalar elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish, obyektlarning energiya mustaqilligini oshirish hamda barqaror infratuzilmani shakllantirishga xizmat qilmoqda.
...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, xodimlar orasida halo ...
2025 yil uchun tasdiqlangan umumiy media-reja doirasida “Risk” bloki, Marketing hamda Xodimlar va ta ...

