
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbirda bank mutasaddilari ishbilarmon doira vakillari bilan Prezidentimiz boshchiligida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlab, shu orqali aholi bandligi va daromadini oshirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati bilan o‘rtoqlashdi.
Bu borada bank tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yengilliklar haqida ma’lumot berildi.
Biznesga omad 2”, “Onlayn faktoring”, “Tezkor kredit 2”, “Biznes START-UP” kabi yangi kredit mahsulotlarining afzalliklari, mahalla bankiri va yordamchi-agentlar faoliyati tushuntirildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan belgilangan tartibda ijobiy hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Bank Axborot xizmati
HAMROH – xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş kompaniyasi taşabbusi bilan yölga qöyilgan, Birlaşgan Mill ...
Uyimizdagi xotirjamlik köpinça oddiy ehtiyot çoralariga boğliq. Is gazining hidi ham, rangi ham yöq. Undan ...
Kuz-qiş mavsumida xonadonlarni issiq saqlaş, elektr energiyasi ta’minotida uzilişlarning oldini oliş va mavjud re ...
