Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank – “JP Morgan Chase Bank”: vaqt bilan sinalgan sheriklik


02.06.2023

Oʻzsanoatqurilishbank – “JP Morgan Chase Bank”: vaqt bilan sinalgan sheriklik

 

Joriy yilning 1-iyun kuni “JP Morgan Chase Bank” (АQSh) tomonidan Oʻzsanoatqurilishbankka xorijiy valyutada tijorat va banklararo toʻlovlar sifatli oʻtkazilgani uchun “2022 Quality Recognition Award” mukofoti taqdim etildi.

Bu Oʻzsanoatqurilishbankning kliring operatsiyalarini amalga oshirishdagi faoliyatiga berilgan yuqori bahodir.

Maʼlumki, 2022-yil yakunlariga koʼra, Oʻzsanoatqurilishbank xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha Oʻzbekiston banklari orasida 1-oʻrin egalladi. Bu, oʻz navbatida, muassasa tomonidan xizmat koʼrsatish xalqaro standartlarda yoʻlga qoʻyilganligini, bankning har bir tarmogʻida mijozlarga keng qulayliklar yaratilganligini bildiradi.

“JP Morgan Chase Bank” tomoni Oʻzsanoatqurilishbankni eng ishonchli sherik deb qayd etdi. Bank transchegaraviy toʻlovlarga ishlov berishda tezkorligi bilan ajralib turadi, deya taʼkidlandi.

Maʼlumot uchun: “JP Morgan Chase Bank” – Аmerikadagi yirik moliyaviy xolding. Mamlakat banklari orasida eng katta toʻrtlik qatoriga kiradi. Bosh qarorgohi Nyu-York shahrida joylashgan.

Uning “Quality Recognition Award” mukofoti butun dunyoda АQSh dollarida toʻlovlar va tranzaktsiyalarga ishlov berishda eng yaxshi koʻrsatkichlarga erishgan muvaffaqiyatli bank-korrespondentlarga topshiriladi.

 

Bank Аxborot xizmati





Boshqa yangiliklar

04/17/2024 03:17:48 pm
“Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank reytingini tasdiqladi: istiqboli “Barqaror”

Xalqaro yetakchi reyting kompaniyalardan biri – “Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi mamlakatning “BB-” ...

04/13/2024 04:54:15 pm
Beqasam, atlas, adras - hech qachon urfdan qolmas!

O’zsanoatqurilishbankda an’anaviy “Milliy liboslar” chellenji o’tkazildi.  Chellenj shartlariga ko’ra, ...

04/08/2024 11:51:32 am
Murojaatlar maxfiyligi kafolatlanmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya holatlari haqida xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallari barqaror ishlamoq ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.06.2023 15:05  
up