Karantin talablariga amal qilaylik!


09.07.2020 19:36

Hurmatli yurtdoshlar, kuni kecha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 10 iyuldan 1 avgustgacha karantin choralari kuchaytirilgani maʼlum qilindi.

Bu xabardan soʻng ayrim hamyurtlarimizning doʻkonlar, davlat idoralari hamda bank ofislariga yopirilib kelishi natijasida navbat kutuvchilar koʻpayib ketmoqda. Bu esa karantin qoidalarining buzilishiga sabab boʻlmoqda.

Bu kabi holatlar Oʻzsanoatqurilishbank filiallarida ham kuzatilayotganini inobatga olib, bankimiz mijozlaridan karantin qoidalariga qatʼiy amal qilishlarini soʻraymiz. Shuningdek, kuchaytirilgan karantin davrida ham bankimiz mijozlarga odatdagi tartibda xizmat koʻrsatishini maʼlum qilamiz.

Shu bilan birga bank xizmatlaridan uydan chiqmasdan turib onlayn shaklda ham foydalanish mumkinligini eslatib oʻtamiz.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

11/09/2026 04:48:17 pm
Tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaş böyiça hududiy trenerlar salohiyati oşirilmoqda

HAMROH – xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş kompaniyasi taşabbusi bilan yölga qöyilgan, Birlaşgan Mill ...

11/09/2026 03:02:21 pm
Körinmas xavfga befarq bölmang!

Uyimizdagi xotirjamlik köpinça oddiy ehtiyot çoralariga boğliq. Is gazining hidi ham, rangi ham yöq. Undan ...

11/05/2026 06:05:09 pm
Energiya tejamkorlik – barqaror kelajakka yönaltirilgan sarmoya

Kuz-qiş mavsumida xonadonlarni issiq saqlaş, elektr energiyasi ta’minotida uzilişlarning oldini oliş va mavjud re ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.07.2020 15:55  
up