«Frontera Capital» Sanoat Qurilish Bank qimmatli qog‘ozlarini sotib oladi
20.12.2018 17:43
Joriy yilning 15-18 dekabr kunlari Sanoat Qurilish Bank delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ldi.
17 dekabr kuni Abu Dabi shahrida Sanoat Qurilish Bank va «Frontera Capital» investitsiya kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuv imzolandi.
Hujjat 50 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya va kredit vositalarini jalb qilishni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, kelishuvga ko‘ra, «Frontera Capital» Sanoat Qurilish Bank tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi. Bu investitsiya loyihalarini uzoq muddatli resurslar bilan moliyalashtirish imkoniyatini yanada oshiradi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston kredit bozorini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz,
«Frontera Capital» investitsiya kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya rivojlanayotgan mamlakatlardagi kreditlar va obligatsiyalar bo‘yicha ikkilamchi bozorlarni qo‘llab-quvvatlab keladi.
Bank Axborot xizmati

2456
Boshqa yangiliklar
11/09/2026 03:02:21 pm
Körinmas xavfga befarq bölmang!
Uyimizdagi xotirjamlik köpinça oddiy ehtiyot çoralariga boğliq.
Is gazining hidi ham, rangi ham yöq. Undan ...