Yangiliklar

“Fitch Ratings” Oʻzsanoatqurilishbank reytingi istiqbolini “barqaror” deya tasdiqladi


05.05.2023

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi Oʻzsanoatqurilishbank kredit reytingini mamlakat suveren reytingi darajasida – «BB-», istiqboli “Barqaror” deya tasdiqladi. Ushbu reyting bank faoliyati samarali rivojlanayotgani hamda uning aktivlari barqaror oʻsayotganligini ifodalaydi.

Dunyodagi geosiyosiy vaziyat bilan bogʻliq iqtisodiy xavflarga qaramay Oʻzsanoatqurilishbank 2022-yil yakuni boʻyicha barqaror prognozini saqlab qoldi. Bu holat portfeldagi kreditlar boʻyicha davlat kafolatlari mavjudligi munosabati bilan bank aktivlari sifatiga nisbatan xatarlar yumshatilganligini nazarda tutadi.

Yaʼni, agentlik ekspertlari Oʻzsanoatqurilishbank kredit reytingini tasdiqlashda ishonchlilikning asosiy omillari qatorida uning Oʻzbekiston hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidladi. Oʻzsanoatqurilishbank yaqin bir necha yilda xususiylashtiriladi, shuningdek, zaruratga qarab yuqoridagi qoʻllab-quvvatlash bankning asosiy aksiyadorlari orqali yoʻnaltirilishi mumkin, deyiladi agentlik xabarida.

Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekistonda ikkinchi yirik moliya muassasasi hisoblanadi. 2022-yil yakuniga koʻra, bank sektoridagi aktivlar va kreditlarning 12 foizi ushbu bank ulushiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, u mamlakatda moliya tizimini shakllantirishga va davlatning strategik loyihalarini amalga oshirishga katta hissa qoʻshmoqda.

Bundan tashqari, bank asosiy strategik tarmoqlarda kuchli korporativ oʻrnini saqlab qolish bilan birga, oʻz faoliyatini xususiylashtirish maqsadida kichik va oʻrta biznes hamda chakana kreditlash sohalarida tijorat faoliyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Batafsil: https://www.fitchratings.com/research/banks/fitch-affirms-uzbek-industrial-construction-bank-at-bb-outlook-stable-28-04-2023

 

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

03/27/2024 02:41:46 pm
Diqqat, firibgarlardan ogoh bo‘ling!

Firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank nomidan fuqarolarga ...

03/25/2024 05:17:15 pm
Endilikda Siz “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisiga telegram boti orqali ham murojaat qilishingiz mumkin

Hurmatli mijozlar! Endilikda Siz “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisiga telegram boti ...

03/25/2024 05:14:54 pm
Firibgarlar tuzog'i qanday ishlaydi?

Bank plastik kartasi – bu Sizning elektron seyfingiz. Afsuski, bugun ushbu "seyf"ning kalitini qo'lga kiritish uch ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 05.05.2023 09:50  
up