“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti Xorijiy resurslarni jalb qilish xizmati Yetakchi menejer lavozimiga nomzodlarni ishga taklif etadi


28.09.2026 11:15

Asosiy vazifalar

  • Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
  • Xorijiy kredit liniyalari va boshqa moliyaviy resurslarni jalb qilish.
  • Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etish.
  • Xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish bo‘yicha shartnomalar va zarur hujjatlarni tayyorlash.
  • Xorijiy kredit liniyalari mablag‘laridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini monitoring qilish.
  • Xorijiy hamkorlarga hisobotlar va tegishli ma’lumotlarni taqdim etish.
  • Xalqaro moliya institutlarining savdoni moliyalashtirish dasturlari doirasida kredit kafolatlari va limitlar hisobini yuritish.
  • Xorijiy resurslarni jalb qilish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

  • Oliy ma’lumot.
  • Bank tizimida kamida 3 yillik ish tajribasi.
  • Xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar yoki moliyaviy resurslarni jalb qilish yo‘nalishida ish tajribasi.
  • Muzokaralar olib borish va ishbilarmonlik yozishmalarini yuritish ko‘nikmalari.
  • Analitik fikrlash va hujjatlar bilan ishlash qobiliyati.
  • O‘zbek va rus tillarini bilish.
  • Ingliz tilini bilish — afzallik.

Ish joyi

Toshkent shahri

Rezyume yuborish

Rezyumelaringizni quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin: hr@sqb.uz





Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 30.09.2026 10:38  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит