Asosiy vazifalar
-
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
-
Xorijiy kredit liniyalari va boshqa moliyaviy resurslarni jalb qilish.
-
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etish.
-
Xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish bo‘yicha shartnomalar va zarur hujjatlarni tayyorlash.
-
Xorijiy kredit liniyalari mablag‘laridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini monitoring qilish.
-
Xorijiy hamkorlarga hisobotlar va tegishli ma’lumotlarni taqdim etish.
-
Xalqaro moliya institutlarining savdoni moliyalashtirish dasturlari doirasida kredit kafolatlari va limitlar hisobini yuritish.
-
Xorijiy resurslarni jalb qilish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
- Oliy ma’lumot.
- Bank tizimida kamida 3 yillik ish tajribasi.
-
Xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar yoki moliyaviy resurslarni jalb qilish yo‘nalishida ish tajribasi.
-
Muzokaralar olib borish va ishbilarmonlik yozishmalarini yuritish ko‘nikmalari.
-
Analitik fikrlash va hujjatlar bilan ishlash qobiliyati.
- O‘zbek va rus tillarini bilish.
- Ingliz tilini bilish — afzallik.
Rezyume yuborish
Rezyumelaringizni quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin:
hr@sqb.uz