“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Karvon Bozor 2-toifali bank xizmatlari markazi rahbari lavozimiga ishga taklif qiladi


29.09.2026 11:55

Asosiy vazifalar:

  • bank xizmatlari markazining kundalik faoliyatini boshqarish, moliyaviy va biznes ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash;

  • biznes-reja, daromadlilik, samaradorlik va KPI ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish;

  • yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish;

  • amaldagi mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif qilish hamda ular foydalanayotgan mahsulotlar sonini oshirish;

  • mijozlar bilan muzokaralar olib borish, ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos bank mahsulotlarini taklif etish;

  • mikro va kichik biznes subyektlarini kreditlash jarayonlarini muvofiqlashtirish;

  • hisobvaraqlar va kassa xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, tashqi savdo xizmatlari, POS-terminallar, korporativ kartalar va depozit mahsulotlari savdosini tashkil etish;

  • mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari, Bankning ichki hujjatlari va qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;

  • mijozlarning kredit hujjatlarini qabul qilish va belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini tashkil etish;

  • xodimlarga vazifa va topshiriqlarni taqsimlash, ularning ish natijalari hamda KPI ko‘rsatkichlarini nazorat qilish;

  • jamoada samarali ish muhitini shakllantirish va xodimlarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish;

  • mijozlarning murojaatlari, taklif va e’tirozlarini o‘rganish hamda tegishli choralarni ko‘rish;

  • kassa operatsiyalari va naqd pul muomalasini nazorat qilish;

  • bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalarining uzluksiz ishlashini nazorat qilish;

  • kredit qarzdorligini undirish ishlarini tashkil etish va muammoli kreditlarning oldini olish choralarini ko‘rish.

Talablar:

  • oliy ma’lumot (iqtisodiyot yoki boshqa tegishli yo‘nalish bo‘yicha);

  • bank tizimida kamida 5 yillik ish tajribasi;

  • bank mahsulotlari va xizmatlari, kreditlash jarayonlari hamda bank operatsiyalarini bilish;

  • jamoani boshqarish va xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish ko‘nikmasi;

  • mijozlar bilan muzokaralar olib borish va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish qobiliyati;

  • biznes-reja va KPI ko‘rsatkichlari bilan ishlash tajribasi;

  • amaldagi qonunchilik hamda Markaziy bank talablarini bilish;

  • bank dasturiy ta’minotlari va MS Office dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;

  • mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik.

Rezyume yuborish

Rezyumeni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 29.09.2026 16:56  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит