bank xizmatlari markazining kundalik faoliyatini boshqarish, moliyaviy va biznes ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash;
biznes-reja, daromadlilik, samaradorlik va KPI ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish;
yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini kengaytirish;
amaldagi mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif qilish hamda ular foydalanayotgan mahsulotlar sonini oshirish;
mijozlar bilan muzokaralar olib borish, ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos bank mahsulotlarini taklif etish;
mikro va kichik biznes subyektlarini kreditlash jarayonlarini muvofiqlashtirish;
hisobvaraqlar va kassa xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, tashqi savdo xizmatlari, POS-terminallar, korporativ kartalar va depozit mahsulotlari savdosini tashkil etish;
mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari, Bankning ichki hujjatlari va qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
mijozlarning kredit hujjatlarini qabul qilish va belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini tashkil etish;
xodimlarga vazifa va topshiriqlarni taqsimlash, ularning ish natijalari hamda KPI ko‘rsatkichlarini nazorat qilish;
jamoada samarali ish muhitini shakllantirish va xodimlarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish;
mijozlarning murojaatlari, taklif va e’tirozlarini o‘rganish hamda tegishli choralarni ko‘rish;
kassa operatsiyalari va naqd pul muomalasini nazorat qilish;
bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalarining uzluksiz ishlashini nazorat qilish;
kredit qarzdorligini undirish ishlarini tashkil etish va muammoli kreditlarning oldini olish choralarini ko‘rish.
oliy ma’lumot (iqtisodiyot yoki boshqa tegishli yo‘nalish bo‘yicha);
bank tizimida kamida 5 yillik ish tajribasi;
bank mahsulotlari va xizmatlari, kreditlash jarayonlari hamda bank operatsiyalarini bilish;
jamoani boshqarish va xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish ko‘nikmasi;
mijozlar bilan muzokaralar olib borish va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish qobiliyati;
biznes-reja va KPI ko‘rsatkichlari bilan ishlash tajribasi;
amaldagi qonunchilik hamda Markaziy bank talablarini bilish;
bank dasturiy ta’minotlari va MS Office dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;
mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik.
Rezyumeni hr@sqb.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
Ish joyi: Farg‘ona viloyati, Undiruv markazi. Ish tajribasi: Kamida 3 yil. ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Undiruv markazining Hududlarda yuridik va jismoniy shaxslarning qarzdorliklarini undi ...

