Davlat dasturlari ijrosi

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan tadbirkorlar murojaati tizimli o‘rganildi


16.08.2022

Joriy yilning 22-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ikkinchi ochiq muloqoti o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Biznes-ombudsman, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan qator mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda prezidentga murojaatlar qabul qilindi.

Jumladan, Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi guruhi tarkibida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirildi.

Hududlarda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni hal etish maqsadida ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Unda ko‘tarilgan masalalar Hukumat komissiyasining yig‘ilish bayonlariga kiritildi, tegishli tashkilotlarga berilgan topshiriqlar ijrosi ijro.gov.uz tizimiga joylashtirildi.

Joriy yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, Hukumat komissiyasining yig‘ilish bayonlarida aks ettirilgan Bankka tegishli 236 ta (shundan kredit ajratish bilan bog‘liq masala 185 ta hamda ajratilgan kreditning qaytarish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq masala 51 ta) topshiriqning barchasi ijobiy hal etildi.

Xususan, 80 nafar tadbirkorga jami 1426,2 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi, 49 ta tadbirkorlik sub'ektiga ajratilgan kreditning qaytarish muddati uzaytirilib berildi.

107 nafar tadbirkor bilan murojaati mazmunidan kelib chiqib (kredit olishga garov ta'minoti mavjud emasligi, faoliyati sudlov jarayonida bo‘lganligi, JICA xorijiy kredit liniyasi bo‘yicha resurs mavjud emasligi sababli) tushuntirish ishlari olib borildi.

Murod Nabiyev,

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

Davlat dasturlari loyihalari bilan ishlash

departamenti direktori.






Boshqa yangiliklar

04/03/2024 04:24:30 pm
Tadbirkorlar bilan manfaatli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shu kunlarda ana ...

03/06/2024 02:17:11 pm
Qaror ijrosi doirasida

O'zsanoatqurilishbank Axborot xizmati yangi loyihani e'tiboringizga havola etadi. Unda hududlarda amalga oshirilishi rej ...

02/15/2024 06:13:24 pm
O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligidagi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi bosh direktori Nazim G ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 16.08.2022 15:58  
up