Yillik foiz stavkasining pasayganligi va avtokredit shartlaridagi boshqa o'zgarishlar to'g'risida


16.04.2023 12:51

 Hurmatli mijozlar.

 Sizga shuni ma'lum qilamizki, 17-aprel 2023 yildan boshlab rasmiy dilerlar yoki avtomobil ishlab chiqaruvchilardan yangi avtomobil sotib olish uchun yillik kredit foiz stavkasi 20% gacha kamaydi. Maksimal kredit miqdori shartnoma shartlariga muvofiq beriladi (oldi-sotdi shartnomasida ko’rsatilgan summaning 90% miqdorigacha).

 Shuningdek, shuni ma'lum qilamizki, avtomobil narxining 40% miqdorida dastlabki badal to’lansa, rasmiy daromad  talab qilinmaydi.  

 «O‘zsanoatqurilishbank» mijozlari uchun avtokredit olishda OSAGO polisi bepul beriladi.

 “O‘zsanoatqurilishbank”ning  avtokredit bergan mijozlari uchun kredit mablag‘lari hisobidan sug‘urta polisini  to‘lab berish imkoniyati mavjud hamda “Mikroqarz” va “Iste’mol krediti”ni 1 % past yillik foiz stavkasi bilan olish imkoniyati yaratildi.

 Yangilangan mahsulotning boshqa shartlari bilan https://sqb.uz sayti yoki +99871 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali tanishishingiz mumkin.




Boshqa yangiliklar

11/09/2026 06:16:13 pm
Gaz uskunalaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling!

Hurmatli mijozlar! Sovuq kunlar va isitiş mavsumi boşlanişi munosabati bilan gaz va ...

11/06/2026 05:44:11 pm
Bankda rejalaştirilgan texnik işlar ötkaziladi

Hurmatli mijozlar! 2026-yil 6-noyabr kuni soat 23:30 dan boşlab «Özsanoatqurilişbank» ATB axborot t ...

11/05/2026 04:38:48 pm
SQBning ayrim bank mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi bank mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qila ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2023 09:28  
up