«SQB CARD FEST» aksiyasi: Mastercard yoki Uzcard SQB kartasi bilan xaridlarni amalga oshiring va sovrinlar o‘yinida qatnashing


28.09.2026 13:14

Hurmatli mijozlar!

2026-yil 21-sentabrdan 20-dekabrgacha «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Bank tomonidan chiqarilgan Mastercard va Uzcard bank kartalari egalari uchun aksiya o‘tkazadi.

Sovrinlar

Mijozlar o‘rtasida quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:

  • 10 ta iPhone 17 Pro smartfoni;
  • «Alisa» ovozli yordamchisi o‘rnatilgan 10 ta aqlli kolonka;
  • 10 ta Xiaomi Electric Scooter 1S elektr samokati.

Aksiyada qanday qatnashish mumkin?

Sovrinlar o‘yinida qatnashish uchun:

  • SQB tomonidan chiqarilgan amaldagi Mastercard yoki Uzcard kartasiga ega bo‘ling. Kartani aksiya boshlanishidan oldin yoki aksiya davrida rasmiylashtirish mumkin;
  • 2026-yil 21-sentabrdan 20-dekabrgacha SQB kartasi bilan do‘konlarda, shuningdek, saytlar va ilovalarda xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshiring;
  • aksiya davrida bunday operatsiyalarning umumiy summasini kamida 200 AQSh dollari yoki 2 400 000 so‘mga yetkazing.

Kimlar qatnashishi mumkin?

Aksiyada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qatnashishi mumkin.

Bank tizimida aks etgan, O‘zbekiston hududida yoki undan tashqarida amalga oshirilgan operatsiyalar hisobga olinadi. Belgilangan eng kam summaga yetgandan keyin amalga oshirilgan har bir keyingi mos operatsiya yutish imkoniyatini oshiradi.

Bank kassalari orqali dividend tushumlari hisobidan amalga oshirilgan to‘lovlar hamda kreditlarni so‘ndirish bilan bog‘liq to‘lovlar hisobga olinmaydi.

G‘oliblar qachon va qanday aniqlanadi?

Mijozlar o‘rtasidagi sovrinlar o‘yini 2026-yil 24-dekabr kuni SQBning Instagram’dagi rasmiy sahifasida jonli efirda o‘tkaziladi. G‘oliblar tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi.

Sovrinlar 2026-yil 29-dekabr kuni topshirilishi rejalashtirilgan.

Bir ishtirokchi faqat bitta sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin.

Aksiyaning to‘liq shartlari bilan [Aksiya Reglamenti] va [Ofertasida] tanishishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

11/12/2026 04:30:23 pm
SQB Mobile ilovasida kredit mahsulotlarini rasmiylaştiriş böyiça vaqtinçalik çeklovlar

Hurmatli mijozlar! “S​​QB Insurance” AJ tomonidan suğurta polislarini onlayn rasmiylaştiriş vaqtinç ...

11/12/2026 02:33:16 pm
VIP va Diamond bank xizmatlari paketlari şartlariga özgartirişlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Jismoniy şaxslar uçun möljallangan VIP va ...

11/12/2026 11:53:50 am
SQB kredit mahsulotlari şartlariga özgartirişlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi kredit mahsulotlari şartlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritilganini m ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 12.10.2026 17:25  
up