Kredit qarzi bo‘yicha restrukturizatsiya


12.12.2025 16:40

Hurmatli mijozlar!

Agar moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyatlar yoki fors-major holatlari sababli kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish imkoniyati bo‘lmasa, O‘zsanoatqurilishbankda mavjud kreditlar shartlarini restrukturizatsiya qilish imkoniyati mavjudligini ma'lum qilamiz.

Restrukturizatsiya quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • To‘lov jadvalini o‘zgartirish (annuitet / differensial);

  • Kredit muddati (oraliq va/yo yakuniy)ni o‘zgartirish;

  • Asosiy qarz va foizlar to‘lov sanalarini o‘zgartirish;

  • Va boshqa kredit shartlarini o‘zgarishiga ruxsat beriladi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish bankning ichki me'yoriy hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Kredit shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha qaror har bir murojaat uchun alohida qabul qilinadi, mijozning to‘lov qobiliyati va kredit yukini hisobga olgan holda.

Batafsil ma'lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlaridan olishingiz mumkin, saytimizda: www.sqb.uz yoki yaqin atrofdagi bank ofislarida.





Boshqa yangiliklar

11/02/2026 12:30:49 pm
Yangi ipoteka kredit mahsulotining joriy etilishi va Bank tariflariga o‘zgartirishlar kiritilishi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi o‘zgarishlar haqida ma’lum qilamiz: Uy-joy ...

10/30/2026 02:36:14 pm
SQB kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Quyidagi kredit mahsulotlari shartlari yangilanganini ma’lum qilamiz: ...

10/29/2026 04:54:58 pm
SQBning ayrim bankomatlarida profilaktik tekşiruvlar olib borilmoqda

Profilaktik tekşiruvlar olib borilayotgani sababli Toşkent viloyati Nurafşon şahar Toşkent yöli köçasi 40-u ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 12.12.2025 16:41  
up