Hurmatli mijozlar!
Korporativ mijozlarga kapital bozoriga chiqish yo‘lida ko‘maklashish maqsadida yangi investitsion xizmatlar ishga tushirilganini ma’lum qilamiz:
Equity Anderrayting — kompaniyalarni IPO va SPO doirasida aksiyalarni joylashtirishda professional tarzda qo‘llab-quvvatlash: moliyaviy model va emissiya prospektini tayyorlashdan boshlab investorlar bilan ishlash va birjada listinggacha bo‘lgan to‘liq hamrohlik.
Bukrannerlik bank xizmati — ichki va xalqaro bozorlarda aksiyalar va obligatsiyalarni chiqarish hamda joylashtirish bo‘yicha to‘liq xizmatlar majmui. Bank bukranner (investitsiya vositachisi) sifatida emissiyaning barcha bosqichlarida mijozni hamrohlik qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali, bank ofislarida yoki SQB rasmiy veb-sayti orqali olishingiz mumkin.
Hurmatli mijozlar! Sovuq kunlar va isitiş mavsumi boşlanişi munosabati bilan gaz va ...
Hurmatli mijozlar! 2026-yil 6-noyabr kuni soat 23:30 dan boşlab «Özsanoatqurilişbank» ATB axborot t ...
Hurmatli mijozlar! Quyidagi bank mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qila ...
