Ehtiyot bo‘ling: Drop kartalar


03.02.2026 12:54

Hurmatli mijozlar!

Shuni ma’lum qilamizki, fuqarolarni “drop-kartalar” deb ataladigan noqonuniy sxemalarga jalb qilish holatlari ko‘paymoqda.

Mijoz nomiga rasmiylashtirilgan, lekin amalda boshqa shaxs tomonidan ishlatiladigan bank kartasi drop-karta deyiladi. Qoida tariqasida, karta egasi uni pul mukofoti evaziga yoki “vaqtincha foydalanish uchun” begona shaxslarga beradi. Keyinchalik bunday kartalardan jinoyatchilar noqonuniy moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, o‘g‘irlangan pul mablag‘larini o‘tkazish va naqdlashtirish uchun foydalanadilar.

Bank kartalari, ularning rekvizitlari va ularga kirish huquqini uchinchi shaxslarga berishga yo‘l qo‘yilmasligiga e’tiboringizni qaratamiz. Kartadan amalda kim foydalanishidan qat’i nazar, u bo‘yicha operatsiyalar uchun barcha javobgarlik karta egasiga yuklatiladi.

Agar kartangiz begonalar qo‘liga tushib qolgan bo‘lsa, quyidagilarni amalga oshirishingiz zarur:

  • kartani darhol bloklash;

  • bankning 1180 qisqa raqamli aloqa markaziga zudlik bilan xabar berish;

  • operatsiyalar tarixini tekshirish va zarur bo‘lsa, nizoli operatsiyalar bo‘yicha ariza topshirish;

  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish.

Batafsil ma’lumotni +998 71 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali, www.sqb.uz saytida yoki bankning eng yaqin ofislarida olishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

10/06/2026 11:19:30 am
«Refinans» krediti shartlari yangilandi

Hurmatli mijozlar! Sizga kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan «Refinans» kredit m ...

10/05/2026 06:06:35 pm
UZCARD KIDS bilan yangi taassуротlarni kashf eting!

Hurmatli mijozlar! UZCARD oilaviy dam olish kunlari oyini e’lon qiladi: Toshkent hayvonot bog‘ida b ...

10/05/2026 11:07:07 am
«Ishonch» krediti shartlari yangilandi

Hurmatli mijozlar! Mikro va kichik biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan « ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 03.02.2026 12:55  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит