Online revolver

  • Kreditlash shartlari

Mahsulotning maqsadi

Ochiq / yopiq kredit liniyasi orqali aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun

Muddati

Ochiq liniya bilan 12 oy muddatgacha

Valyuta

UZS, USD, EUR, RUB

Miqdori

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi bo‘yicha belgilanadigan miqdorgacha

Mijozning skoring asosidagi ishonchli reytingi bo‘yicha aniqlanadi

Foiz miqdori

Bank o‘z mablag‘lari hisobidan:

Milliy valyutada ajratilganda - Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida o‘rnatilgan miqdor+2%;

Xorijiy valyutada ajratilganda - Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida o‘rnatilgan miqdor+1%;

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:

O‘zgaruvchan (Libor, Euribor va boshqa shu kabi bozor kurslariga bog‘langan bo‘lsa) yoki o‘zgarmas foiz stavkasi belgilanadi - Moliya institutlari marjasi + bank marjasi (Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida belgilangan miqdorda)

On-layn ariza berilgan holatlarda avtomat foiz stavka shakllanadi. Bunda foiz miqdori tanlangan resurs, risk uchun premiya va boshqa xarajatlarni hisobga olib avtomatik belgilanadi.

Kreditni qaytarish grafigi

Bank o‘z mablag‘lari hisobidan:

Imtiyozli davr 6 oy muddatgacha

Kredit asosiy qarz grafigi imtiyozli davrdan keyingi oydan boshlab oyma-oy teng miqdorlarda

Jalb qilingan mablag‘larda imtiyozli davr va qaytarish grafigi mablag‘ni taqdim etgan moliya instituti shartlariga asosan 

Kredit manbasi

Bank o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar. Bunda kredit muddati va qaytarilishi kredit manbasining muddati va qaytarilishiga mutanosib bo‘lishi lozim.

On-layn tarzda ariza berilganda mijozga dasturiy ta’minotda 1 yillik resusr mavjud liniyalarni tanlash imkoni yaratiladi.

Mahsulotni taqdim etish shakli

Pul ko‘chirish yo‘li bilan

Mijoz 

Korporativ mijozlar (Neft va gaz, kimyo, energetika, transport va metallurgiya va boshqa tarmoq mijozlari)

Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar

Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan korporativ mijozlar

Bankda asosiy hisobvarag‘i mavjud bo‘lishi

Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl) bo‘yicha foyda bilan faoliyat yuritishi

Kredit reytingi (layoqatliligi) - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi bo‘yicha CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim

Kredit ajratish sanasida banklar oldida muddati o‘tgan kredit va kartoteka-2 qarzdorligi va “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari bo‘lmasligi lozim;

So‘nggi 12 oy ichida asosiy va foiz qarzdorlik oydan oyga o‘tganlik holatlar soni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi lozim

Kredit on-layn olinganda hech qanday istisno qilinmaydi.

Mahsulot bo‘yicha ta'minot

Ta'minot talab qilinmaydi – ishonchli kredit

Bunda faqatgina mijozning pul oqimlarining yetarli bo‘lishi asosiy me'zondir

Qo‘shimcha shartlar

Kreditning shartlarini qayta ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditga on-layn ariza berilib, on-layn skoring asosida ruxsat berilgandan so‘ng, kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. 

Mijozdan talab qilinadigan asosiy xujjatlar ro‘yxati (kredit of-layn bo‘lganda):

1. Ariza
2. Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.
3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.
4. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.
5. Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining  kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)
Kredit on-layn taqdim etilganda quyidagi hujjat elektron arizani to‘ldirish vaqtida dasturiy ta’minotga rangli skaner qilingan holda ilova qilinadi (boshqa hujjatlar talab qilinmaydi): mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2023 19:40  
up