Mijozdan talab qilinadigan asosiy xujjatlar ro‘yxati:
1. Ariza.
2. Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.
3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.
4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).
5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.
6. Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)
7. Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar nusxasi.
8. Sotib olinayotgan asosiy vositalar narxining jahon bozori konyukturasiga mos kelishi bo‘yicha akkreditatsiyasidan o‘tgan xalqaro konsalting kompaniyasining yoki “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK xulosasi.
9. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik iqtisodiy asosnoma.
10. Loyiha ekologik ekspertiza talab qilinadigan loyihalar toifasiga kirgan holatlarda ekologik xulosa.
11. Agar kredit hisobidan qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, unda:
a. qurilish arxitektura rejalashtirish topshirig‘i
b. qurilishning smeta xujjati
c. smeta xujjatining ekspertizasi
12. Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish bo'yicha tuzilgan shartnomalarning nusi. Bunda bitim tuzuvchi taraflaridan biri Rossiya Federatsiyasi, Belarusiya va Eron Respublikasiga (konteragent) tegishli bo'lsa, ular xalqaro huquqiy kompaniyalarining xalqaro sanktsiyalar ro'yxatida emasligi to'g'risidagi xulosasini taqdim etishlari kerak.
Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda:
1. Kafil korxona ta’sis xujjatlari;
2. Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot;
3. Kafil va/yoki uning nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kafillik shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.);
4. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi
5. Kafillik taqdim etish bo‘yicha kafilning vakolatli organining ijobiy roziligi.
6. Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl).
Ta’minot sifatida mulk taqdim etilganda:
1. Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti.
2. Mulk egasining ta’sis xujjatlari (ta’sis shartnomasi, nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo‘lsa). Mulk jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa – mulk egasining pasporti nusxasi;
3. Mulk egasining kafolatning ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo‘lsa).
4. Mulkning egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat (bunda turar uy-joy yoki kvartiralar uchun mazkur joyda fuqarolarning ro‘yxatda turmasligini tasdiqlovchi hujjat birga taqdim etiladi)
Ta’minot sifatida ombordagi tayyor mahsulotlar taqdim etilganda:
1. Omborga kirim qilingan mahsulotlar nomlari va narxlar ko‘rsatilgan va uning omborxonada mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotnoma;
Kelajakdagi pul tushumlari garovi taqdim etilganda:
1. Pul mablag‘lari kelib tushadigan shartnomalar nusxalari;
2. Ular bo‘yicha o‘zaro qarzdorlikni solishtirish dalolatnomasi – akt-sverka.
Limit doirasida foydalanilayotgan mahsulotlarning turiga qarab ushbu mahsulotlar shartlarida ko‘rsatilgan qo‘shimcha hujjatlar ham taqdim etilishi lozim.
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha xujjatlar so‘ralishi mumkin.